Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada Muzrabot tumani «Fidokor» MFY raisi Ğ.M. «Damas» rusumli avtomaşinani töxtatib, unda ketayotgan bir neça nafar ayollarni majburan tuşirib olib, ularni «paxtaga çiqmayotganlik»da ayblaş asnosida uyatsiz sözlar bilan qattiq haqorat qiladi. Şuningdek, haydovçiga qöl kötarib, uni ham böralatib sökadi.
Uşbu işni prokuratura örgana boşlagani «Xabar.uz»da maʼlum qilingandi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi uşbu xabarga rasmiy munosabat bildirdi.
Rasmiy munosabatda zöravon raisni oqlaşga uriniş bölgani yaqqol sezilib qolgan. Keling, avvaliga matn bilan töliq tanişamiz (imlo va stilistika öz holiça saqlab qolindi):
Surxondaryo viloyati mahallalar kengaşi tomonidan mazkur holatni örganiş yuzasidan Işçi guruh şakllantirildi.
Işçi guruh tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani «Fidokor» mahalla fuqarolar yiğini raisi «M.Ğ.M.» hatti-harakatlari yuzasidan şu mahallada yaşovçi bir guruh fuqarolar va Angor tumani «Navşahar» mahallasida yaşovçi damas rusumli avtotransport xaydovçisi «G.B.» örtasida sodir etilgan xolatlar yuzasidan quyidagilar aniqlandi.
«Paxta–2019» hosilini tezda terib olinişida Muzrabot tumani «Fidokor» mahallasida yaşovçi iş bilan band bölmagan aholi bilan mehnat şartnomasi asosida paxta otryadi tuzilgan bölib, uşbu holatda iştirok etgan fuqarolar ham şu otryad tarkibida bölgan.
Tuzilgan mehnat şartnomasiga muvofiq uşbu fuqarolar paxta hosilini yiğib oliş mavsumi tugagunga qadar işlaşlariga kelişilgan bölsa-da, hoxlagan vaqtlarida kunlik işlaşga ketib qoliş xolatlari sodir etib kelingan. Haydovçi «G.B.» Muzrabot tumani «Fidokor» mahalla fuqarolar yiğinidagi xotin-qizlarga telefon qilib, kunlik işga olib ketişini va köproq iş haqi berişini aytgan hamda 11 nafar xotin-qizlarni texnika qoidalariga va harakat xavfsizligiga rioya qilmasdan olib ketayotganida mahalla raisi «M.Ğ.M.» tomonidan töxtatilgan.
Mahalla fuqarolar yiğini raisi tomonidan haydovçi «G.B.»ga holat böyiça izoh berişini talab etganida, haydovçi tomonidan – «Sen kimsan, menga buyruq beradigan YPX xodimimisan, bor qölingdan kelganini qilgin» – deb haqoratli sözlar işlatilgan. Natijada mahalla raisi «M.Ğ.M.» haydovçi va avtomaşina içidagi özi raislik qilib kelayotgan mahallaning 11 nafar xotin-qizlarni avtomobildan majburan tuşirib olgan hamda şartnoma asosida paxta terimiga çiqişini tuşuntirgan. Fuqarolar bu tuşuntirişlarga eʼtibor qilmasdan, «M.Ğ.M.»ga nisbatan istehzoli kulib, kalaka qilgan.
Mahalla raisining tuşuntirişiça haydovçi va xotin-qizlar tomonidan haqarotli sözlar işlatilganidan «M.Ğ.M.» ham jahl ustida qöpol sözlarni işlatganligini bildirdi.
Haydovçi «G.B.» özi va xotin-qizlarning mahalla raisiga nisbatan qöpol sözlari va xatti-harakatlarini telefoniga yozib olmasdan, atayin «M.Ğ.M.»ning sözlari seʼmka qilganligi maʼlum böldi.
Hozirda holat böyiça Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan suriştiruv işlari olib borilayotgan bölib, aniqlik kiritilganidan söng aslida voqea qanaqa bölganligi oydinlaşadi.
Rasmiy munosabat tugadi.
Bunday munosabatni öqib, nahotki «baliq boşidan» bölsa, degan fikrga borasiz. Undagi imlo xatolari va mantiqsiz jihatlar öz yöliga. Ammo qanday qilib rasmiy taşkilot özboşimça, sökonğiç va zöravon raisning kurakda turmaydigan qiliqlarini bu tarzda «oqlab» berişi mumkin? Özi tarqalgan videoda xulosa çiqarişga yetarliça holat namoyon bölib ulgargandi. Hatto hokimlar öz xatolari uçun keçirim sörab turgan bir kunda, mahalla raisi va uni oqlovçi yuqori taşkiloti aybni yoş qizlarga-da ağdarişdan toymayotgani juda xunuk va açinarli holat.
Birinçidan, kim huquq berganki, mahalla raisi şu mahalla ayollarini, hali turmuşga çiqmagan qizlarini böralatib sökişga? Uyat, nomus, oriyat qani? Qonunlarimizga amal qani? Axir, biz köçadagi qaysidir bezori emas, mahalla raisi haqida gapiryapmiz.
Ikkinçidan, kim huquq berganki, mahalla raisi yölda tutib olgan haydovçini sökib, urişiga? U jinoyat qildimiki, bunday yöl tutadi? Hatto jinoyat qilganidayam, mahalla raisining öziça «samosud» qilişiga, nima, Mahalla kengaşi maxsus ruxsatnoma berib qöyganmi?
Uçinçidan, paxta terimiga şartnoma qilingani, boşqa işni afzal bilib ketayotgan xotin-qizlarni kuç işlatib, yana paxta terişga çiqarişga huquq asos beradimi? Majburiy mehnatning körinişi emasmi bu? Paxta terişni xohlamayotgan bölişsa, şartnomani bekor qiliş imkoni yöqmi?
Törtinçidan, paxta dalalariga odamlarni quvib çiqariş qaçondan beri mahalla raislarining vazifasi bölib qoldi? Yoki farqiga bormay qoldikmi: ular mahalla raisimi yoki «qamçisidan qon tomadigan» eski zamon kolxoz raisi?
Biror hududda qandaydir noxuş holat bölib qolsa, «mahalla qayoqqa qarayapti?» deb koyib ham qöyamiz özimizça. Bildik, qayoqqa qaraşyotganini. Mahalla raislarining «ortiqça boşoğriqqa» vaqtlari yöq, ularga hozir paxta terimiga qizlarni sökib haydaş topşirilgan. Şundaymi? Kengaş bunga «dobro» (zöravonlikka ham) berib qöygan körinadiki, yöqsa, bunday «çiroyli» oqlab berişga guvoh bölmasmidik... Qaysi zamonda, neçançi asrda yaşayapmiz hurmatli «mahalla»dagilar? Qaçon özgarasizlar?









