Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahrida ikki erkak köçada yalanğoç yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat jamoatçilik orasida muhokama va norozilikka sabab böldi.
Samarqand viloyati IIB holat böyiça maʼlumot berib, Samarqand şahrining Turkiston hamda Amir Temur köçalari kesişmasida yalanğoç yurgan erkaklar şaxsini maʼlum qildi. Ular Jomboy tumanida yaşovçi 44 yoşli J.N va 28 yoşli A.T. bölgan.
Voqea qahramonlarini ularning şerigi, Jomboy tumanida yaşovçi fuqaro 41 yoşli X.D avtomobilda kuzatib borgan.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Samarqand şahar Maʼmuriy işlar böyiça sudining bugun, 2 mart kunidagi qaroriga asosan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uçun, fuqaro J.N.ga 15 sutka, fuqaro Ö.T.ga 15 sutka, fuqaro X.D.ga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.









