Amerikaning Immix BioPharma Inc. kompaniyasi rahbari bölgan özbekistonliklar koronavirusga qarşi preparat tayyorlab, milliarder Alişer Usmonovga xat orqali murojaat qildilar. Ular milliarderdan preparatni işlab çiqariş va Özbekistonda tarqatiş uçun yordam söragan.
“Gazeta.ru”ning xabar berişiça, xatda Immix BioPharma Inc. Amerikaning MannKind farmatsevtika kompaniyasi bilan birgalikda quruq kukun şaklidagi dorini tayyorlaşni boşlab yuborgani taʼkidlangan. Uşbu kukun koronavirus oqibatida yuzaga keladigan ötkir respirator kasalliklarini bartaraf etişga möljallangan ingalyatorning asosiy komponenti hisoblanadi.
Immix BioPharma Inc. turli respirator kasalliklarga qarşi birdek foydali hamda organizm uçun zararsiz va işonçli bölgan patogenlarni işlab çiqqan.
“Özbekiston Immix BioPharma Inc. bilan birgalikda uşbu noyob innovatsion preparatni işlab çiqarişga buyurtma beriş va mamlakatda koronavirus tarqalişini töxtatiş hamda taşqi bozorga eksport qiliş imkoniyatiga ega. Bu öz navbatida respublikani biotexnologiya sanoatida dunyoning yetakçi davlatlari qatoriga qöşadi”, degan prepart mualliflaridan biri.
Immix koronavirus bilan oğrigan bemorlarni davolaşni boşlaş hamkorlikdagi birinçi qadam böladi deb hisoblayapti. Çunki birinçi dozadan keyinoq bemorlarning ahvoli sezilarli darajada yaxşilanişi kutilmoqda. Özbekistonlik şifokorlar dunyoda birinçi bölib Avstraliya va Amerikadagi klinik sinovlarda saraton kasalligining törtinçi bosqiçini davolaşda işlatiladigan dorilarni koronavirus bilan oğrigan bemorlarni davolaşda işlatib köriş imkoniyatiga ega böladi.
Avvalroq, Alişer Usmonov koronavirusga qarşi kuraş uçun Özbekistonga 20 million dollar ajratib, vaktsina qaysi davlatda yaratilişidan qatʼi nazar uni mamlakatga olib kelişga vaʼda bergandi.
Sunnatilla Abdullayev Qalampir.uz









