AQŞdagi özbekistonliklar ogohlantirilmoqda

AQŞdagi özbekistonliklar ogohlantirilmoqda

Eski namunadagi pasport egalari murojaat qilişlari söralmoqda.

Özbekistonning Nyu-York şahridagi Boş konsulxonasi AQŞdagi özbekistonliklar diqqatiga muhim xabar bilan çiqdi. 

Qayd etilişiça, 2020 yil 1 yanvardan boşlab eski namunadagi pasportlar (nobiometrik) öz kuçini yöqotgan.

Şu munosabat bilan muddati ötgan yoki ötmagan eski namunadagi pasport egalari Özbekistonning AQŞdagi vakolatxonalari (Elçixona va Konsulxona) orqali vatanga qaytiş uçun  Özbekistonga qaytiş guvohnomasini rasmiylaştirişlari kerak.


×