Keça, 3 mart kuni kuni Oq uy Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, rossiyalik tadbirkorlar Yevgeniy Prigojin, Boris va Arkadiy Rotenberglar hamda Alişer Usmonovga qarşi töliq blokirovka qiluvçi sanktsiyalar joriy etilganini eʼlon qildi.
AQŞ sanktsiyalariga duçor bölgan şaxslar röyxatiga “Rostex” rahbari Sergey Çemezov, VEB.RF raisi Igor Şuvalov va “Transneft” prezidenti Nikolay Tokarev ham kiritilgan. Sanktsiyalar ularning oila aʼzolariga ham tegişli böladi.
“Bu şaxslar va ularning oila aʼzolari AQŞ moliya tizimidan uziladi, ularning Qöşma Ştatlardagi aktivlari va mulklari muzlatiladi”, deyiladi Oq uy bayonotida.
Bundan taşqari, AQŞ 19 nafar rossiyalik oligarx va ularning 47 nafar oila aʼzolari va yaqinlariga nisbatan viza çeklovlari joriy qilmoqda.
“AQŞ va butun dunyo rasmiylari Rossiya elitasi vakillari hamda ularning oilalari aktivlarini aniqlaş va muzlatiş ustida iş olib boradi”, deyiladi bayonotda.
Bundan taşqari, Qöşma Ştatlar Rossiya yoki Ukrainada joylaşgan va uşbu tuzilmalarda yetakçi rol öynagan yettita rus taşkiloti va 26 şaxsga “dezinformatsiya” uçun blokirovka qiluvçi sanktsiyalar kiritadi. Sanktsiyalar ostida qolgan taşkilotlar orasida “Strategik madaniyat jamğarmasi”, “Yevroosiyo ritmi” naşri va “Kamerton” jurnali bor.
AQŞ Prezidenti Jo Bayden sanktsiyalar röyxatining kengaytirilişiga izoh berib, hozirda 50 dan ortiq tadbirkor va qöşimça ravişda ularning yaqin şeriklariga nisbatan çeklovlar qabul qilinganini taʼkidlagan.
“Bugun biz röyxatga önlab ismlarni qöşmoqdamiz va 50 dan ortiq rossiyalik oligarxlar, ularning oilalari va yaqinlarining Amerikaga kirişini taqiqlayapmiz”, deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.
Şuningdek, Buyuk Britaniya ham milliarder Alişer Usmonov va Rossiya Boş vazirining sobiq birinçi örinbosari, VEB.RF davlat korporatsiyasi raisi Igor Şuvalovga qarşi sanktsiyalar joriy qilgan. Çeklovlar Britaniya Taşqi işlar vaziri Liz Trass tomonidan kiritilgan.
Qayd etilişiça, Usmonovning Angliyaning “Everton” futbol klubi bilan tijoriy aloqalari muzlatilgan.
“Bugun hukumat Buyuk Britaniyada muhim manfaatlarga ega va Kreml bilan yaqin aloqaga ega bölgan ikki yetakçi rus oligarxlari Alişer Usmonov va Igor Şuvalovga nisbatan aktivlarini töliq muzlatib qöygani va ularning mamlakatga sayohatini taqiqlaganini eʼlon qildi”, deyiladi Britaniya hukumati saytida.
Maʼlumot örnida, joriy yilning fevral oyi oxirida Usmonov Yevropa Ittifoqi sanktsiyalariga uçragan edi. U buni asossiz qilingan deb hisoblaydi va bu qarorga eʼtiroz bildirişga vada bergan.
Sanktsiyalar tufayli u Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti sifatidagi faoliyatini töxtatgan. “Metalloinvest” xoldingi matbuot xizmati Usmonovga nisbatan şaxsiy sanktsiyalar “Metalloinvest” va boşqa USM kompaniyalariga taʼsir qilmasligiga işontirgan, çunki tadbirkor xolding boş kompaniyasining 50 foizdan kamiga egalik qiladi.
Şuvalov esa 24 fevral kuni Yevropa Ittifoqi, Kanada va Şveytsariya sanktsiyalari ostida qolgan.









