Sönggi kunlarda Amerika Qöşma Ştatlari böylab federal migratsiya organlari tomonidan kuçaytirilgan reydlar ötkazilmoqda. Şu sababli Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ogohlantiriş bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, tekşiruvlar jarayonida quyidagilarga eʼtibor qaratilmoqda:
- haydovçilik guvohnomalarining haqiqiyligi;
- hujjatlarning muddati va qonuniyligi;
- iş huquqi va migratsion maqom;
- haydovçilarning ingliz tilini biliş darajasi.
AQŞ hukumati noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirgani sababli federal yöllarda keng vakolatlar asosida faol reydlar ötkazilmoqda. Baʼzi uşlangan şaxslar bir neçta haydovçilik guvohnomasidan foydalaniş yoki terrorizmga oid gumonlar bilan tilga olinmoqda.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, AQŞda avtomobil boşqarayotgan Özbekiston fuqarolaridan quyidagilarga amal qilişlari söraladi:
- hujjatlarni tartibga keltiriş;
- qonuniy maqomni tasdiqlovçi hujjatlarni birga olib yuriş.
Şubhali yoki muammoli holatlar bölsa, darhol Özbekistonning AQŞdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qiliş söraladi.









