Germaniyaning Myunxen şahri prokuraturasi tadbirkor, USM xoldingi asosçisi Alişer Usmonovga (“Forbes” bahosiga köra boyligi 16,7 mlrd dollar) nisbatan sanktsiyalarni buziş gumoni böyiça olib borilgan tergovni töxtatdi. Bu haqda tadbirkorning vakillari RBKga maʼlum qildi.
Advokatlarning aniqlik kiritişiça, qaror Germaniya Jinoyat-protsessual kodeksining 153a-moddasiga muvofiq qabul qilingan. Usmonov ixtiyoriy ravişda xayriya maqsadlariga badal kiritişga qaror qilgan.
“Xuddi şu gumonlar böyiça tergovni qayta boşlaş istisno qilinadi, A. Usmonovga nisbatan aybsizlik prezumptsiyasi saqlanib qoladi”, deydi advokatlar.
Nazorat organlari avvalroq Usmonov 2022 yil aprelidan sentyabrigaça xorijiy kompaniyalar orqali Rottax-Egern jamoasidagi köçmas mulk obʼektlarini qöriqlaş xizmatlari uçun haq tölaganini maʼlum qilgan. Prokuratura, şuningdek, u Germaniya Federativ Respublikasida joylaşgan mol-mulkini Federal iqtisodiyot va eksport nazorati idorasi (BAFA)da deklaratsiya qilmagan bölişi mumkin, deb gumon qilgan. 2024 yilda bu epizodlar bitta iş doirasida birlaştirilib, dastlabki tergov maqomi berilgan. Usmonovning advokatlari uning uşbu kompaniyalar va mulk bilan aloqadorligini, şuning uçun, YEI sanktsiyalarining qöllanişini inkor etgan. Oxir-oqibat tergov töxtatilgan.
Bungaça Frankfurt-Mayndagi boş prokuratura Usmonovga nisbatan boşqa bir tergovni – pul yuviş gumoni böyiça işni ham töxtatgan. U 2024 yil noyabrida ayblovlar qöyilmasdan yopilgan. Öşanda “Spiegel” naşri tadbirkor 555 mln yevro miqdoridagi soliqlardan böyin tovlaganlikda gumon qilinganini yozgan. Alişer Usmonovning vakili esa RBKga 2014 yildan beri u Rossiyada soliqlar tölaşini va ikki tomonlama soliqqa tortişni oldini oliş töğrisidagi kelişuv sabab Germaniyada daromad soliğini tölaşga majbur bölmaganini bildirgan.
Usmonov 2022 yil fevralida Yevropa Ittifoqi sanktsiyalariga tuşgan. Tadbirkor bu qarorni adolatsiz, “soxta va asossiz ayblovlar”ga tayanib qabul qilingan deb atab, uni sudda rad etişga uringan. Şuningdek, u öziga nisbatan teng munosabat va kamsitmaslik tamoyillari, mutanosiblik printsipi, mulk huquqi, şaxsiy hayotni hurmat qiliş va fikr bildiriş erkinligi buzilganini taʼkidlagan. Biroq YEI sudi tadbirkorning daʼvolarini bir neça bor rad etgan.
Usmonov YEI sanktsiyalar röyxatiga kiritilgaç, OAVga qarşi bir neça bor daʼvo arizalari bilan çiqqan. Xususan, 2024 yil yanvarida Gamburg sudi uning “Forbes”ga qarşi daʼvosini qanoatlantirib, Usmonov “Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qöğirçoği bölgan” va Myunxenda köçmas mulkka ega ekani haqidagi bayonotlarni işonçsiz deb topgan. 2025 yil fevralida esa Usmonov Berlinning “Tagesspiegel” naşriga qarşi işda ğalaba qozonib, sanktsiyalarni asoslaş va Germaniyadagi tergovlarga sabab bölgan qator daʼvolarni tarqatişni taqiqlatişga erişgan.









