KXDR Markaziy televideniyesi Janubiy Koreyadan ötgan qoçoq haqidagi syujetni hafta davomida qayta-qayta translyatsiya qildi. Kadr ortidagi ovoz qöşni davlat fuqaroligiga ega bölgan Çxve In Guk Pxenyanga köçib ötişga qaror qilgani va Şimoliy Koreya fuqaroligini söragani haqida katta mamnuniyat bilan eʼlon qilar edi
TOŞKENT, 13 iyul — Sputnik, Galiya Ibragimova. Donald Tramp va Kim Çen Inning favqulodda uçraşuvidan söng KXDR hukumati yana bir axborot ğalabasiga erişdi. Janubiy koreyalik sobiq vazirning öğli Şimoldan boşpana söradi. Pxenyan uni qabul qildi va navbatdagi bor çuçxe ğoyalari janubiy qöşni hayot tarzidan ustunligi haqida barçaga maʼlum qildi. Çet elliklar nega Şimoliy Koreyaga köçib ötişlari haqida RIA Novosti materialida öqing.
Bir tomonga çipta
KXDR Markaziy televideniyesi hafta davomida Janubiy Koreyadan ötgan qoçoq haqidagi syujetni translyatsiya qildi. Kadr ortidagi ovoz qöşni davlat fuqaroligiga ega bölgan Çxve In Guk Pxenyanga köçib ötişga qaror qilgani va Şimoliy Koreya fuqaroligini söragani haqida mamnuniyat bilan xabar qilar edi. Aeroportda qoçoqni qöllarida gul kötarib oliy martabali amaldorlar kutib olişdi, ular Gukning qölini siqib körişar ekan, uning "mardonavor harakati"dan hayratdaligini tinmay takrorlaşardi. Qahramonga aylangan qoçoq bunday lutfga javoban lutf bilan javob qaytarar va yangi vatani ravnaqi uçun sadoqat va töğrilik bilan xizmat qilişga vaʼda berardi.
"Mening maqsadim - yaşaş va KXDR siyosatiga amal qiliş. Ota-onam nasihatlarini röyobga çiqariş uçun menga yöl oçib bergan bu mamlakatdan minnatdorman. Endi Pxenyan - mening vatanim, men bu yerda doimiy yaşayman va işlayman, garçi bu qarorni keçikib qabul qilgan bölsam-da", - deb aytgan Çxve In Guk.
Qoçqin öz ota-onasini bejizga esga olgani yöq. Ular allaqaçon tarki dunyo qilgan bölsalar-da, Pxenyan aeroportida bölib ötgan tantanali qabulda juda muhim rol öynaganlar. Gap şundaki, qoçoq Çxve In Guk — xotini bilan KXDRga emigratsiya qilgan Janubiy Koreya sobiq TIV rahbari Çxve Tok Sinning öğlidir.
Oltmişinçi yillar boşida uşbu lavozimni egallagan janubiy koreyalik vazir tarixi şov-şuvlarga sabab bölişining boisi şundaki, "çuçxe mamlakati"ga u Seuldan emas, balki Vaşingtondan köçib ötgan. Çxve Tok Sin hamda uning sobiq rahbari va mamlakat prezidenti Pak Çon Xi örtasida kelişmovçilik yuz bergaç, uning boşpana haqidagi iltimosiga birinçi bölib AQŞ hukumati javob qaytargan. Janubiy Koreyaning avtoritar rahbari qöl ostidagi sobiq xodimini hatto korruptsiyada ayblagan, ammo Çxve Tok Sin mamlakatni öz vaqtida tark etişga ulgurgan edi.
Lekin sobiq amaldorning amerikança orzusi köpga çözilmadi. Siyosiy qoçqin maqomini olgaç, amaldor Janubiy Koreyadagi tartibni tanqid qilişga va Şimoliy Koreyani esa uluğlaşga kirişdi.
KXDRga muhabbatini u ötgan asrning yigirmançi yillarida otasi çuçxe mafkurasiga asos solgan inson - Kim Ir Senga ustozlik qilgani bilan izohlar edi. Jahon xaritasida Şimoliy Koreya davlatining paydo bölişiga daxldorlik hissi uni köçib ötişga undagan körinadi. Vaʼda -vaʼda. 1986 yilda Çxve Tok Sin va uning rafiqasi KXDR fuqarolariga aylandilar.
Janubiy Koreyada ularning tört nafar voyaga yetgan farzandlari qolgan edi. Iyul oyi boşida KXDRga köçib ötgan Çxve In Guk — sobiq vazirning tönğiç farzandi, uning hikoya qilişiça, Seuldagi hayoti oson keçmagan. Uni "vatan xoinining öğli" deb çaqirişgan. Bu tamğa uning hayotini zaharlagan, öqiş va işlaşiga halal bergan.
Ota-onasi hayotligi çoğida Çxve In Guk bir neça marotaba ularnikiga mehmonga kelgan. Buning uçun u avval Janubiy Koreya, söngra Şimoliy Koreya hukumatidan rozilik sörar edi. Uşbu byurokratik ovoragarçiliklar "çuçxe vatanida" uning ota-onasi salkam milliy qahramon hisoblanişi evaziga unitilar va hatto xuddi şunday ehtiromni u öziga nisbatan ham his etardi. Ota-onasi vafotidan keyin Çxve In Gukning Şimoliy Koreyaga borişga sabablari qolmadi. Şunda u Pxenyanga doimiy yaşaş uçun köçib ötişga qaror qildi.
KXDRga çet el fuqarolaridan taşviqot maqsadlarida foydalangan Pxenyan uşbu qarorga javob berişni ortga surib ötirmadi. Tez orada Çxve In Guk Şimoliy Koreyada doimiy yaşaş ruxsatini oldi. Mamlakatdagi barça OAVlar esa Janubiy Koreya fuqarosining qoçib ötişi — çuçxe ğoyasi dunyoviy ustunligining yana bir isbotidir degan maʼnoda raport tarqatdilar.
Yetmiş uç yoşli qoçqin KXDRda siyosat bilan şuğullanişni rejalaştirmoqda. U Janubiy va Şimoliy Koreyalarning yaqinlaşişiga kömaklaşmoqçi. Ammo Seulni bunday yordamçi xursand qilmagan körinadi: u yerda Çxve In Guk çet elga ruxsatsiz çiqib ketgani haqida ommaga eʼlon qilindi. Agar u qaytişni xohlasa, uni hibs, çegarani noqonuniy kesib ötiş töğrisida ayblovlar va qamoq jazosi kutmoqda. Ammo qoçqinni hali bu holat qörqitgani yöq. U aniq işonadiki, bir tomonga olingan çipta, uning barça umidlarini oqlaydi.
Dezertirdan kinoaktyorlik sari
Şimolda faqatgina Janubiy Koreya fuqarolari öz baxtini izlaşmaydi. Qoçoqlar orasida AQŞ fuqarolari ham köp bölgan. KXDRda yaşaş tarzi ularni hamişa xursand qilmagan bölsa-da, ular karerasi kutilmaganda osmonga kötarilgan. Misol uçun ular Pxenyanda kinematograf yulduzlariga aylanişlari mumkin edi.
KXDRga qoçgan amerikaliklar asosan harbiy xizmatçilar bölganlar. 1953 yilda Koreya yarimorolidagi 38-parallelda, yaʼni Şimol va Janub örtasida ötgan çegarada amerika harbiylari dislokatsiya qilingan edi. Elliginçi yillar oxiri - oltmişinçi yillar boşida Vetnamdagi uruş avjiga çiqqan bir paytda ayrim askarlar jang keçayotgan hududga yuborilişdan xavfsirab qöşni davlatga qoçib ötgan.









