Mustaqil avtoekspert Aleksey Şarapov tusi qoraytirilgan oyna yuqori haroratdan qutqarişi mumkin, degan fikrlarni rad etdi.
Özbekistonda ayni kunlarda jazirama ob-havo harorati kuzatilmoqda va haydovçilarning yuqori haroratdan himoyalanişga ehtiyoji ortib borayotganligi heç kimga sir emas. Ayrimlar jaziramadan himoyalanişning çorasi maşina oynasini qoraytiriş deb bilmoqda.
Mustaqil avtoekspert Aleksey Şarapov “tonirovka” quyoş nurlaridan va tirbandlikda begonalarning yeb qöygudek nigohidan xalos qilişi mumkinligini aytib, jazirama issiqdan himoya qilmasligi haqida ogohlantirdi.
“Siz qora közoynak taqqaningizda quyoş közingizni qamaştirmaydi va siz atrofni yaxşi köra olasiz, maşinada esa hammasi aksinça: “tonirovka” sizga xalaqit beradi va harakatda xavf tuğdirişi mumkin. Menimça, “tonirovka” ğoyat xavfli”, - dedi Şarapov Sputnik Özbekistonga bergan intervyusida.
Ekspertning sözlariga köra, korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan avtomobil oynalari quyoş nurlarining bir qismini tösadi va jazirama issiqdan himoya qilişga möljallangan.
Ekspert maşinaga ötirgan vaqtda oynalarni oxirigaça yopmasdan konditsionerlardan foydalanişni va maşina havosini tez-tez yangilaşni tavsiya qildi.
Özbekistonda texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uçun jarima miqdori 5 068 250 sömni taşkil etadi.
Mamlakatda jismoniy şaxslar uçun EKIHning 90 baravari (18 245 700 söm), yuridik şaxslar uçun EKIHning 120 baravari (24 327 600 söm) evaziga içki işlar organlari ruxsatnomasi asosida oynalarining tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanişga ruxsat berilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari avtomobillar oynalarini parda bilan tösişga ruxsat berişböyiça taklif kiritgani xabar qilingan edi.
Bundan taşqari, “Adolat” SDP deputatlari avtomobilni jazirama issiqdan himoya qilişning yangi usulini muhokama qilib, termal plyonka avtomobil salonini quyoşning ultrabinafşa nurlaridan saqlab, jaziramada isib ketişini bir munça kamaytirişini maʼlum qilişgan edi. Ular termal plyonka özining xususiyatiga köra, tonirovka plyonkasidan ança ustunlikka egaligi va haydovçilar uçun ham yon-atrofni körişga xalaqit bermasligi, eng asosiysi, transport vositasining içidagi şaxslar taşqaridan bemalol körinişi va heç kimning xavfsizligiga daxl qilmasligini taʼkidlaşgan edi.









