Rossiya hukumati 2025 yilda Şimoliy Koreya (KXDR) fuqarolariga 36 413 ta viza bergan. Bu ötgan yildagi körsatkiçdan (9 239) deyarli tört baravar köp. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi konsullik departamenti maʼlumotlariga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.
Qayd etilişiça, vizalarning aksariyat qismi – 35 849 tasi taʼlim maqsadlari uçun berilgan. Boşqa toifalar orasida: 266 ta gumanitar, 72 ta turistik, 47 ta işbilarmonlik, 6 ta şaxsiy va 33 ta xizmat vizalari mavjud.
Taʼlim vizalari sonining keskin ösişi Rossiyaga Şimoliy Koreyadan “mehnat amaliyoti ötayotgan talabalar” niqobi ostida işçi kuçi olib borilayotgani bilan boğliq. Bu haqda “The Insider” suriştiruvida söz boradi. Bunday sxema Şimoliy Koreya işçilarini yollaşni taqiqlovçi BMT sanktsiyalarini çetlab ötiş imkonini beradi. Janubiy Koreya razvedkasi maʼlumotlariga köra, 2025 yil may oyiga kelib Rossiyada KXDRdan 15 mingga yaqin mehnat migranti bölgan. Ularning salmoqli qismi Uzoq Şarqda işlagan. Şuningdek, Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu Pxenyan Kursk viloyatini tiklaş uçun 6 mingga yaqin kişi (5 ming harbiy quruvçi va ming nafar sapyor) yuborişini aytgan edi.
Bungaça “Global Rights Compliance” inson huquqlari taşkiloti maʼruzasida Rossiya qurilişlariga yuborilgan şimoliy koreyaliklar kuniga 16 soatdan deyarli dam olişsiz işlaşi, antisanitariya şaroitida yaşaşi va barça soliqlardan söng qöliga oyiga taxminan 10 dollar olişi aytilgan edi. Tadqiqotçilar suhbatlaşgan 20 dan ortiq şimoliy koreyalik doimiy kuzatuv ostida ekanliklarini va öz daromadlarini tasarruf etiş imkoniyatidan amalda mahrum ekanliklarini bildirgan. Ular har oy öz davlatiga 700 dollar berişi kerak, agar tölov töliq bölmasa, qolgan summa keyingi oyga ötkaziladi.
Rossiyadagi köplab şimoliy koreyaliklar aynan kim uçun işlayotganini bilmaydi. Ular yetib kelişi bilan pasportlari olib qöyiladi va KXDR maxsus xizmatlari xodimlariga topşiriladi. Şu bilan birga, ularning jarohatlari va kasalliklari boşliqlar tomonidan eʼtiborsiz qoldiriladi.
“Biz çorvadan ham yomonroq yaşaymiz”, degan quruvçilardan biri.
Maʼlumot uçun, KXDR öz fuqarolarini davlat mehnat dasturi böyiça jami 40 ta davlatga yuboradi. Bu Pxenyanga har yili 500 million dollar daromad keltiradi. Şimoliy Koreya dunyodagi eng qaşşoq davlatlardan biridir. Mamlakatning real YAIM hajmi taxminan 26,7 milliard dollar, aholi jon boşiga YAIM esa 1,1 ming dollar atrofida baholanadi. Oddiy aholining daromad darajasi Janubiy Koreya aholisi daromadining atigi 3-4 foizini taşkil etadi.









