Bir yil içida 200 ga yaqin özbekistonlik Rossiyadan boşpana söradi

Bir yil içida 200 ga yaqin özbekistonlik Rossiyadan boşpana söradi

2025 yilda Özbekistonning 176 nafar fuqarosi Rossiyadan boşpana söradi. Bu haqda TASS naşri xabar berdi.


Maʼlumotlarga köra, 2025 yilning 12 oyi davomida 3 332 nafar Ukraina fuqarosi Rossiyada ularga boşpana beriş töğrisida ariza topşirgan. Bu körsatkiç 2024 yilga nisbatan 390 kişiga kam bölib, öşa yili Rossiyada boşpana sörab 3 722 nafar kişi murojaat qilgan edi. 2023 yilda esa 5 580 nafardan ortiq Ukraina fuqarosi Rossiyadan boşpana söragan. Sönggi yillarda ukrainaliklar Rossiyada eng köp boşpana sörab murojaat qilayotgan xorijiy fuqarolar bölgan.

2025 yilda boşpana söraş böyiça ikkinçi örinda Suriya fuqarolari qayd etilgan – 3 196 nafar. Uçinçi örinda Afğoniston fuqarolari – 281 nafar. Şuningdek, kuçli beşlikka Özbekiston va Germaniya fuqarolari ham kirgan. Unga köra, Özbekistondan 176 va Germaniyadan 129 nafar murojaatçi qayd etilgan.

Umuman olganda, 2025 yilda Rossiyada vaqtinçalik boşpana beriş töğrisida 8 220 nafar xorijiy fuqaro ariza topşirgan. Bu körsatkiç 2024 yilga nisbatan 1 341 kişiga köp.

Rossiyada bunday maqom şaxsga mamlakat hududida qonuniy yaşaş huquqini beradi. Şuningdek, u maxsus ruxsatnomalarsiz işlaşi va majburiy tibbiy suğurta tizimi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanişi mumkin. Bundan taşqari, Rossiyada vaqtinçalik boşpana olgan şaxslar mamlakatga kiriş va çiqiş uçun hujjatlarni rasmiylaştiriş, taʼlim oliş hamda moddiy yordamdan foydalaniş huquqiga ega böladi. Bu maqom yaşaş uçun ruxsatnoma va Rossiya fuqaroligini oliş yölidagi birinçi qadam hisoblanadi.


Teglar:
×