Toşkent, Nukus va viloyat markazlarida 6 apreldan mototransport va velosipedda harakatlaniş çeklanadi

Toşkent, Nukus va viloyat markazlarida 6 apreldan mototransport va velosipedda harakatlaniş çeklanadi

4 aprel kuni Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida bu yönalişda quyidagi qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.

Komissiya qaroriga köra, joriy yil 6 apreldan eʼtiboran «özini yakkalaş» hayot tarzi Nukus va Toşkent şaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravişda joriy etiladi:

Karantin talablarining ijrosini sözsiz taʼminlaş hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bölmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilişiga yöl qöymaslik maqsadida istisno tariqasida içki işlar organlari yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boşqarganlik uçun transport vositasini jarima maydonçasiga joylaştiriş yöli bilan uşlab turiladi.

Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00 dan eʼtiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlaniş karantin davrida vaqtinça çeklanadi.

Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat etiş, şuningdek, iş joyiga boriş va keliş uçun ruxsat etiladi.

Manba: kun.uz

×