“Toşkent savdo markazi”, «Megaplanet» savdo markazlarida jinoyat qilgan retsidivist ayol qamoqqa olindi

“Toşkent savdo markazi”, «Megaplanet» savdo markazlarida jinoyat qilgan retsidivist ayol qamoqqa olindi

1984 yil 18 dekabrda Toşkent şahrida tuğilgan Çorşanova Nilufar Uçkunovna ilk marotaba Toşkent şahar Çilonzor tuman sudining 1999 yil 22 martdagi hukmiga köra Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 25,169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, JKning 72-moddasi qöllanib, şartli hukm qilingan holda 2 yil sinov muddati belgilangan.

“Jahon.uz” naşri ixtiyorida mavjud tergov va sudga oid hujjatlarga köra, Nilufar Çorşanova ketma-ket yana 7 marta sudlandi va ularning barçasida u öğirlik qilgani uçun javobgarlikka tortildi.

Sudning hukmiga köra, N.Çorşanova muqaddam bir neça marotaba sudlanib va bundan öziga tegişli ijobiy xulosa çiqarmasdan, yaʼni heç qayerda işlamasdan yoki biron-bir foydali ijtimoiy mehnat bilan şuğullanmasdan, maʼmuriy nazorat qoidalarini buziş hamda öta xavfli retsidivist tomonidan öğirlik jinoyatlarini qasddan sodir qiliş yöliga ötadi.

N.Çorşanova muqaddam öğirlik jinoyati sodir qilib, öta xavfli retsidivist bölib, Toşkent şahar, Çilonzor tumani hududida joylaşgan “Toşkent savdo markazi” 3-savdo blogi, 4-qator, 17-sonli dökoniga xaridor sifatida kirib va uşbu savdo dökoni taşqarisida turgan peştaxtaga yeçib qöyilgan fuqaro A.Sultonovaga tegişli ayollar kiyimi çöntagidan 200.000 sömni öğirlik, yaʼni yaşirin ravişda talon-toroj qiliş yöli bilan egallab olib, voqea joyidan yaşiringan.

Şuningdek, N.Çorşanova özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, öta xavfli retsidivist bölib, takroran, Toşkent şahar, Çilonzor tumani hududida joylaşgan “Toşkent savdo markazi” 3-savdo blogi, 6-qator, 3-sonli dökonga xaridor sifatida kirib S.Ummatovaning 500.000 sömlik “Samsung” rusumli uyali aloqa telefon apparatini öğirlik, yaʼni yaşirin ravişda talon-toroj qiliş yöli bilan egallab olib, voqea joyidan yaşiringan.

N.Çorşanova özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, öta xavfli retsidivist bölib, takroran, jinoyat işining unga nisbatan qismi alohida iş yurituviga ajratilgan M.Çorşanova bilan oldindan til biriktirib, bir guruh holda, voyaga yetmagan R.Xamdamovani jinoyatga jalb qilib, Toşkent şahar, Yunusobod tumani, 11-mavzeda joylaşgan “Megaplanet” savdo majmuasining 1-qavatida joylaşgan “Makro” supermarketiga xaridor sifatida kirib va uşbu supermarketda parfyumeriya mahsulotlarini taxlayotgan fuqaro N.Abdurahimovanining kiyimi öng çöntagidan bahosi 1.000.000 sömlik “iPhone 5S” rusumli uyali aloqa telefon apparatini öğirlik, yaʼni kissavurlik yöli bilan yaşirin ravişda talon-toroj qilib egallab olib, voqea joyidan yaşiringan.

Öğirlik jinoyati ortidan qölga olingan N.Çorşanovaga Özbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 127-moddasi 3-qismi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi va u JKning 59-moddasi tartibida, 8 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.

Eslatib ötamiz, N.Çorşanova 28 yoşidayoq jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Çilonzor tuman sudining 2012 yil 14 maydagi hukmi bilan Özbekiston Respublikasi JKning 34-moddasiga asosan öta xavfli retsidivist deb topilgan.

×