Keça- 2019 yil, 21 iyun, juma kuni “Yoşlar oyligi” va “30 iyun – Yoşlar kuni” doirasida “Kelajakni soğlom yoşlar bunyod etadi!” şiori ostida “Yoşlar - tur” velomarafoni bölib ötdi.
Namangan şahridagi “Temiryölçilar oromgohi”dan start olgan velosportçilar “Uç favvora” xiyobonigaça 5 kilometr masofa böylab harakat qilişdi. Barça tuman(şahar)lardan taşrif buyurgan 500 nafardan ziyod yoşlar, oliy taʼlim muassasalari talabalari, maktab va kollej öquvçilari, professional va havaskor sportçilar iştirokidagi musobaqa haqiqiy bayramga aylandi.



Eʼtiborlisi şundaki, Özbekiston yoşlar ittifoqi Namangan viloyati Kengaşi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan mazkur velomarafonda Namangan şahar hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov, bir qator davlat va nodavlat taşkilot rahbarlari, şu jumladan, ittifoqning viloyat kengaşi raisi Abdulaziz Möminovlar ham iştirok etdilar.


– Bugungi marafonda iştirok etib, ğoliblikni qölga kiritganidan behad xuorsandman, – deydi yoş sportçi Nodirbek Zafaraliyev. – Bunday musobaqalar biz yoşlarni bir ezgu maqsad yölida birlaşişga, Ona Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qöşişimizda muhim ahamiyat kasb etadi.


Uç favvora xiyobonida taşkillangan “Yoşlar - tur” velomarafonining taqdirlaş marosimida sanʼatkorlar tomonidan kuy-qöşiqlar ijro etildi. Ğolib va faol iştirok etgan yoşlar taşkilotçilar tomonidan diplom, esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Şoxruh Kenjayev,
Özbekiston yoşlar ittifoqi Namangan viloyati Kengaşi matbuot kotibi.
Muallif olgan suratlardan foydalanildi.
© namangan24.uz









