Boğça va maktablar oldida harakatlaniş tezligi meʼyori keskin kamaytiriladi

Boğça va maktablar oldida harakatlaniş tezligi meʼyori keskin kamaytiriladi

Özbekistonda maktabgaça taʼlim muassasalari va maktablar oldida transport vositalarining harakatlanişi uçun ruxsat etilgan tezlik meʼyori keskin kamaytiriladi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining “Özbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan tasdiqlangan jamoat xavfsizligi kontseptsiyasiga oid strategiyada belgilab qöyilgan.

Maʼlum qilinişiça, jamoat xavfsizligi kontseptsiyasiga doir Prezident farmoni bilan tasdiqlangan strategiyaga köra, maktabgaça taʼlim va umumtaʼlim muassasalariga yondoş yöllarda tezlik meʼyori keskin kamaytiriladi. Şuningdek, uşbu meʼyor barça joyda qatʼiy belgilanişi aytilgan.

Umumtaʼlim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni, mahallalarda “Yöl harakatini örgatiş maydonçalari taşkil etiladi.

Şuningdek, Maktabgaça taʼlim muassasalarida bolalarga yöl harakati xavfsizligi asoslarini öqitiş tizimini joriy etib, yöllarda, çorrahalarda va piyodalar ötiş joylarida harakatlaniş asoslarini amaliy hamda körgazmali tarzda örgatiş yölga qöyiladi.

×