Nukus voqealari iştirokçisi Şamşetov hibsda vafot etdi

Nukus voqealari iştirokçisi Şamşetov hibsda vafot etdi

2022 yil 1-2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar iştirokçisi, Qoraqalpoğiston IIV Jinoyat qidiruv boşqarmasi bölimining sobiq boşliği Polat Şamşetov joriy yilning 4 fevral kuni vafot etdi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.

“2023 yil 4 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentiga qaraşli 4-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum Polat Şamşetov (Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV sobiq xodimi) tösatdan vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanişiça, hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boşliği, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari va xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Közdan keçiriş jarayonlarida esa Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça (Ombudsman) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, Şamşetovning advokati va yaqin qarindoşlarining ham iştiroki taʼminlangan.

Şuningdek, Boş prokuratura Qoraqalpoğistonning birinçi prezidenti Dauletbay Şamşetovning (1991 yil 11 noyabr – 1992 yil 20 iyun) öğli Polat Şamşetov yurak xurujidan vafot etganini aytmoqda.

“Ölim sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Sud-tibbiy ekspertizasi işçi guruhining dastlabki maʼlumotiga köra, marhum öpka arteriyasi tromboemboliyasi, ötkir yurak-qon tomiri yetişmovçiligi oqibatida vafot etgan. Hozirda Buxoro şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda”, deya taʼkidlagan Boş prokuratura.

Maʼlumot uçun, sud hukmi bilan Polat Şamşetov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va içki işlar tizimida işlaş huquqidan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan edi. U 2 iyul kuni "odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgani va özi ularning faol iştirokçisi bölganlik"da ayblangan.


×