Koronavirus Markaziy osiyolik migrantlarni Rossiyaga «qamab qöydi»

Koronavirus Markaziy osiyolik migrantlarni Rossiyaga «qamab qöydi»

Rossiya Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston bilan avia va temir yöl qatnovlariga özaro çeklov kiritgan yo keskin qisqartirgani sabab uşbu davlat fuqarolari mamlakatda qolib ketmoqda, deb xabar beradi «Kommersantʼ».

Naşr muxbiri har uç davlatning Rossiyadagi elçilari bilan boğlanib, bu davlatlar öz fuqarolariga vatanlariga qaytiş yoki karantinni Rossiyada ötkaziş borasida qanday yordam körsatayotganiga qiziqqan.

COVID-19 koronavirusi tufayli Rossiya çegaralarning yopilişi hamda avia va temir yöl qatnovlarining bekor qilinişi Markaziy Osiyo davlatlari — Özbekiston, Qirğiziston va Tojikistondan kelgan yuz minglab mehnat migrantlarining rejalarini özgartirib yubordi. Gap şundaki, anʼanaga köra, aynan bahor faslida işçilar Rossiyaga işlaş uçun yöl olişadi va keç kuzda vataniga qaytişadi. Rossiyada qişda işlagan migrantlar esa Navröz bayramini uyda nişonlaşga harakat qiladi.

Biroq mehnat migrantlari bayramga öz oilalari bağriga qaytişi qiyin masala. Özbekiston boşqa davlatlar bilan avia va temir yöl qatnovlarini töliq yopdi, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi esa faqat Moskva va Dubaydan çarter reyslar taşkil etilişini vaʼda qilmoqda. Şuningdek, barça yölovçilar Toşkentga kelişi bilan ikki haftalik karantinga joylaştiriladi.

Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Botirjon Asadovning «Kommersantʼ»ga maʼlum qilişiça, bunday çarter reyslarning birinçisi seşanba kuni amalga oşirilgan. Rossiya hukumati bilan özbekistonlik fuqarolarni nafaqat Moskvadan, Rossiyaning boşqa hududlaridan qöşimça çarter reyslar amalga oşiriş masalasi körib çiqilmoqda. «Bu reyslarga çiptalar pullik. Bundan taşqari, ikki mamlakat hukumatlarining kelişuviga köra, 17 mart kuni Qozon vokzalidan Toşkentga ikkita maxsus poyezd yöl oldi. 18 mart kuni yana bir poyezd yölga çiqişi kutilmoqda», — deydi elçi.

Asadovning sözlariga köra, elçixona «vatanga qaytiş istagida bölgan vatandoşlar haqida maʼlumot töplamoqda», qolganlarni esa «vahimaga berilmasdan, Rossiya hukumati tomonidan tavsiya etilayotgan virusga qarşi kuraşiş çora-tadbirlariga amal qiliş»ga çaqirmoqda.

Moliyaviy muammolarni mehnat migrantlarining ahvoliga allaqaçon taʼsirini ötkazgan rubl kursi ham yanada çuqurlaştirişi mumkin.

Migrant.mobi portali asosçisi, yurist Botirjon Şermuhammedov migrantlar yopiq çegaralar şaroitida töqnaş kelayotgan byurokratik muammolarga ham eʼtiborni qaratdi.

«Migrant öz migratsion kartasini yangilaş uçun Rossiya çegarasiga boradigan holatlar juda köp. Agar patentga vaqtida hujjat topşira olmasa, 10—15 ming rubl jarima tölaş yoki Qozoğiston çegarasiga borib, uni kesib qaytib kiriş tanlovi bor. Bu bir yarim sutka vaqtni oladi, lekin arzonroq — 7—8 ming rubl. Migrantlar köproq ikkinçi variantni tanlaşadi, garçi bunday yönalişni taklif etayotgan taşuvçilar noqonuniy işlaşadi, çegaraçilar esa gohida pora talab qilişadi», — deydi Şermuhammedov.

Tojikiston aviaqatnovni keskin kamaytirdi va Rossiya bilan temir yöl aloqalarini butunlay töxtatdi. Tojikistonning Moskvadagi elçisi Imomiddin Sattorov barça tojik işçilari va talabalarini Rossiyadan evakuatsiya qilişning iloji yöqligini tan olgan va şuning uçun Rossiya hukumatidan ularni qoliş şartlarini buzganliklari uçun jazolamaslikni söragan.

Qirğiziston Moskva bilan aviaqatnovni saqlab qolgan, ammo Yekaterinburg, Rostov-Don va Sankt-Peterburgga reyslarni töxtatdi, poyezdlar qatnovi esa butunlay bekor qilindi. «Mamlakatlarimiz örtasidagi aviaqatnov hali bekor qilinmaganligi va fuqarolarning çiqib ketişlari uçun heç qanday tösiqlar yöqligi sababli, evakuatsiya masalasi ham hozirça körib çiqilmayapti», — dedi Qirğizistonning Moskvadagi elçisi Alikbek Jekşenkulov. Bugun, 18 mart kuni Qirğizistonda ham koronavirus bilan kasallaniş holati qayd etildi.

×