Tekşiruvlar çoğida erkakning yertölada saqlanayotgani maʼlum bölgan.
Toşkentda 20 yoşli yigit 50 yoşli otasini mast holatda döpposladi va uyining yertöla qismiga majburan qamab qöydi. Maʼlumotlarga köra, erkakning uzoq muddat körinmay qolganidan havotirga tuşgan qöşnilar voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlariga murojaat qilişgan. Tekşiruvlar çoğida erkakning yertölada saqlanayotgani maʼlum bölgan. Uning holatini közdan keçirgan şifokorlar erkakning öz öğli tomonidan kaltaklanganini aytişgan. Erkakning özi esa öğli bilan birga spirtli içimlik isteʼmol qilgan vaqti janjal çiqqani va oqibatda döpposlanganini aytib ötgan. Ayni vaqtda erkak kasalxonaga joylaştirilgan, uning öğli esa qölga olingan. Hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan, yigit sud qarori bilan 15 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan.
manba: effect.uz









