Murod Nazarov qamab qöyildimi?

Murod Nazarov qamab qöyildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda özbekistonlik taniqli tadbirkor, “Murad buildings” quriliş şirkati taʼsisçisi Murod Nazarov hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Turli miş-mişlarga tadbirkorning özi köp kuttirmay raddiya berdi.

Murod Nazarov Facebook'dagi sahifasida sport bilan şuğullanayotgandagi suratini joylab, özining hibsga olingani haqidagi xabarlarni şunday izohlagan:

“Kimdir hibsga olinganimni, kimdir biznesim yoki oilam haqida yozmoqda... Odamlar körmoqçi bölgan narsasini köradi, eşitişni xohlagan narsasini eşitadi va işonişni xohlagan narsaga işonadi va öziga yoqmagan narsaga işonişdan boş tortadi.

Mening işlarim juda yaxşi. Men tirik va soğlomman, energiya va pozitivlikka tölaman. Har daqiqada men oilaviy muhitdan va işimdan zavqlanaman. Çunki qalbimda muhabbat, boşimda esa faqat yaxşi öylar va baxtli, tinç, gözal kelajak bor!”, deya turli xabarlarni inkor qilgan tadbirkor.

Qayd etiş kerakki, Murod Nazarovning hibsga olinib, tergov tortilgani haqidagi xabarlar birinçi marta tarqalayotgani yöq. 2019 yilda ham Murod Nazarov tergovga tortilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Öşanda ham tadbirkorning özi bu xabarlarni inkor qilib, şunday degandi:

"Odamlarga hayronman. Özi biror gapni öylab topadi, yana özi öşa gapga işonadi. Men işimni davom ettiryapman, ayni vaqtda juda katta loyihalar ustida işlayapmiz. Men nima iş qilibmanki, tergovga tortilsam. Ayni vaqtda Rossiyadagi Skolkovo biznes maktabida öqiyapman. Toşkentda işimiz köp, juda katta loyiha ustida işlayapmiz”.

Şu bilan birga Özbekiston Boş prokuraturasi ham Murod Nazarov yoki uning şirkatiga nisbatan heç qanday tergov harakati olib borilmayotganini maʼlum qilgan.

Sunnatilla Abdullayev

×