Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qöyilgan savdo çeklovlarini aylanib ötişga yordam bergani uçun Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan sanktsiya qöllamoqçi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga kömaklaşayotgani taxmin qilinayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga sanktsiya qöllaşi nazarda tutilgan maxfiy hujjat naşrga kelib tuşgan.
Unga köra, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlariga ikki maqsadli texnologiyalar, jumladan, kir yuviş maşinalari va eski avtomobillar eksportining ösişini aniqlagan. Yevropa Ittifoqi rasmiylari uşbu texnologiyalar Rossiyaga savdo çeklovlarini çetlab ötişga yordam berişidan xavotirda. Maʼlumot uçun, Ittifoq rahbariyatining xavotirlari örinli bölib, ikki maqsadli texnologiyalar yordamida Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda zarar körgan tanklar, zirhli texnikalar va kuzatuv dronlarini taʼmirlaşi mumkin.
Naşrning yozişiça, Yevropa Ittifoqi rahbariyati Markaziy Osiyo vakillari bilan gaplaşib, sanktsiyalarni çetlab ötişga kömaklaşiş oqibatlari haqida ogohlantirmoqçi. Agar Ittifoq rahbariyati Markaziy Osiyo davlatlaridan Rossiyaga uşbu tovarlarni qayta eksport qiliş töğrisidagi dalillarni topsa, bu davlatlarga Yevropa bozorlariga kiriş çeklanişi mumkin.
“Biz uçinçi davlatlardagi şaxslar va taşkilotlarga kuçli signal berişimiz kerak. Rossiyaning harbiy va mudofaa sanoati bazasini moddiy qöllab-quvvatlaş ularning Yevropa Ittifoqi bozoriga kirişiga jiddiy oqibatlarga olib keladi”, deyiladi mahfiy hujjatda.
Nodirjon Madaminov
Qalampir.Uz









