Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistondagi tijorat banklarida rubl birjada belgilangan narxlar böyiça emas, maxsus koridor doirasida ayirboşlanişi haqida xabarlar tarqaldi. Bu holat Rossiyaga qarşi joriy qilingan sanktsiyalar yukini özbek sömiga yuklaş uçun qilinayotgani haqida firklar bildirildi.
Özbekiston Markaziy banki holatga munosabat bildirib, bu Rossiyadagi özbekistonlik mehnat muhojirlari uçun qilinganini taʼkidladi.
“Rossiya rubli ayirboşlaş kursi keskin tebranayotgan hamda birja va birjadan taşqari kurslar örtasida sezilarli tafovutlar yuzaga kelayotgan paytda Rossiyadagi fuqarolarimizning öz mablağlarini erkin valyutaga almaştiriş jarayonida yöqotişlarga olib kelmoqda”, deyiladi regulyator xabarida.
Qayd etilişiça, yuqoridagilarni inobatga olib, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan:
• barça tijorat banklariga Rossiya rublidagi pul ötkazmalari böyiça ayirboşlaş operatsiyalarini uzluksiz amalga oşiriş hamda valyuta kursini belgilaşda sotib oliş va sotiş kurslari örtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turiş;
• banklarning valyuta xavf-xatarlarini minimallaştiriş maqsadida Rossiya rublini sotiş va sotib oliş kurslarini joriy xalqaro kotirovkalarga asosan kun davomida özgartirib boriş yuzasidan tavsiyalar berilgan.
“Bu Rossiya Federatsiyasidagi Özbekiston fuqarolariga pul mablağlarini Rossiya rublida yuboriş va respublika hududida uşbu mablağlarni ixtiyoriy valyutada qabul qilib oliş imkonini beradi.
Markaziy bank mavjud vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valyuta va bank tizimi barqarorligini taʼminlaş böyiça qöşimça çoralar körib boradi”, deyiladi munosabatda.
Iqtisodçi Otabek Bakirov tijorat banklari ayirboşlaş şoxobçalari rubl sotib olişi va sotişi şart etib belgilangani haqida yozgandi.
“Rubl sotib oliş va sotiş kurslari şartli maʼmuriy koridor doirasida amalga oşiriladi.
Kross-kurs böyiça belgilanayotgan rubl kursi bozor realligini belgilamasligi va rubl yuzasidan risk haddan yuqoriligi inobatga olingan holda kengaytirilgan koridorga ruxsat etilişi borasida maʼlumot berilmagan”, degan Bakirov.
Iqtisodçiga köra, agar rubl oliş va sotiş böyiça toraytirilgan maʼmuriy koridor, masalan +/-1 foiz qöllaniladigan bölsa, Özbekistonga vagonlarda rubl kiradi va Özbekistondan vagonlab dollar çiqib ketadi.
“Heç kim rubl oliş va sotişga qarşimas, lekin bu majburiyat ham bölmasligi kerak. Mazkur jarayon oçiq bozor qoidalari, rublning konvertatsiyasi kundan kunga çeklanayogani va uning ustiga ağanagan toğdek risklarni inobatga olgan holda yuz berişi lozim”, deydi u.
Bakirovning taʼkidlaşiça, maʼmuriy koridor doirasida (Rubl sotib oliş kursi 97 söm, sotiş 102 söm) Rossiyadan rubl keltirib uni sömga aylantirib, keyin dollar sotib olinsa, 1 dollar 112,78 rublga tuşadi.
“Soliştiriş uçun, Moskva ayirboşlaş şoxobçalarida 1 dollar 130-160 rubldan sotilmoqda.
Maʼmuriy yöl bilan Moskva birjasida şakllanayotgan kurs umuman bozorni belgilamaydi. Rossiyaliklarning jamğargan rubllarini Özbekistonga keltirib dollarga aylantirib olişlari uçun barça şaroitlar yaratiliş boşlandi”, degan iqtisodçi.
U rubl ayirboşlaşdagi barça jarayonlarni bozorning öziga qöyib beriş kerakligini qöşimça qilgan.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining “Özbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori bilan Özbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalari belgilangan bölib, unga köra:
Özbekiston Respublikasi hududida bank kassalariga AQŞ dollari, ingliz funt sterlingi, Yevro, şveytsariya franki, yapon iyenasi hamda tijorat banklarining ixtiyoriga köra boşqa çet el valyutalari qabul qilinişi mumkin;
Içki valyuta bozorida çet el valyutasini sotib oliş va sotiş operatsiyalari çet el valyutasiga bölgan talab va taklif asosda şakllanadigan valyuta kursi böyiça amalga oşiriladi.
qalampir.uz









