Misrdagi Dorul-Ifta fatvo idorasi Turkiyani özining yumşoq kuçidan foydalanib Yaqin Şarqda "taʼsir zonasi" yaratişga urinayotganlikda aybladi, deb yozmoqda Yeni Şafak English.
Dorul-Ifta Örta Şarqdagi ibodat va hayotning barça jabhalarida fatvolar yoki diniy qarorlar çiqarişga masʼul eng qadimiy va eʼtiborli taşkilotlardan biridir.
Yaqinda dunyoga maşhur "Tiriliş: Ertuğrul" serialiga qarşi qaratilgan bayonot çiqarildi. Unda aytilişiça, serial Örta Şarqda Usmonli Imperiyasini qayta tiklaş va ilgari Usmonli hukmronligi ostida bölgan arab mamlakatlari ustidan hukmronlik tiklanişini maqsad qilgan.
Bayonotda yozilişiça: "Ular (Erdoğan va uning izdoşlari) xalifalikning yetakçilari ekanliklari, dunyo böylab musulmonlarni qöllab-quvvatlaşlari va ularni zulm va adolatsizlikdan qutqariş uçun javobgar ekanliklari va Islom qonunlarini amalga oşirişga intilişlari haqida taşviqot olib bormoqdalar. Bu mustamlakaçilik kampaniyalarida ularning asosiy harakatlantiruvçi kuçi Turkiya Prezidenti Erdoğanning moddiy va siyosiy manfaatlardan foydalanayotganligidir.”
Şuningdek, u Turkiya prezidenti öz hokimiyatini butun dunyoga yoyiş uçun hamma narsani qiladi, hatto madaniy yoki badiiy mahsulotlardan ham foydalanadi.
Uşbu roman 13-asr jangçisi va Usmonli imperiyasining asosçisi Usmonning otasi Ertuğrul Ğoziyning harakatlariga bağişlangan bölib, Anadoluda oz miqdordagi turklarning köplab köçmançi duşmanlar bilan kuraşi tasvirlangan.
Saudiya Arabistonining Dubayda joylaşgan Yaqin Şarq Radioeşittiriş Markazi (MBC) uşbu seriallarning aholisi orasidagi taʼsiridan xavotirda, 2018 yilda turk vazirlari "aniq tsenzura" deb taʼriflagan turk telekörsatuvlarini olib taşladilar.
Ommaviy axborot vositalarining taʼkidlaşiça, motivatsiya siyosiy, ammo mutaxassislar asosiy maqsad Turkiyaning mintaqadagi yumşoq kuçini pasaytiriş va arab davlatlari nazarida uning obrösini yöqotişdir.
Uşbu urinişlarga qaramay, butun arab dunyosidagi millionlab odamlar hanuzgaça turk telekörsatuvlarini Internetda bölsa ham, körişmoqda. Hisob-kitoblarga köra, 2023 yilda telekörsatuvlardan keladigan daromad 1 milliard dollarga yetadi, deya xabar beradi 5PillarsUK.
Tahririyatdan: Bu fatvolar çiqişiga Misr va Turkiyaning hozirgi paytdagi unça yaxşi bölmagan munosabatlari sabab bölgani haqiqatga yaqinroq. Çunki, hozirgi prezident Sisi sobiq prezident Mursiy davrida bölgan Turkiya bilan yaxşi munosabatlarni yöqqa çiqardi.









