Rossiya musulmonlari diniy boşqarmasi ulamolar kengaşi köpxotinlikka ruxsat beruvçi fatvoni qaytarib oldi. Bu haqda kengaş raisi Şamil Alyautdinov xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur qaror Boş prokuraturaning çaqiriği va Rossiya jamoatçiligining munosabati bilan qabul qilingan.
“Rossiya Boş prokuraturasi “Rossiya musulmon hamjamiyatida köpxotinlilik masalasi” fatvosini bekor qilişga çaqirgani haqidagi OAVda paydo bölgan maʼlumot va Rossiya jamoatçiligi tomonidan bildirilgan munosabat sababli Musulmonlar diniy boşqarmasi ulamolar kengaşi mazkur fatvoni qaytarib olmoqda. Bu Allohning irodasi, şu bois Rossiya musulmonlari diniy boşqarmasi bu masalada munozaraga kirişişni maʼqul körmaydi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 dekabr kuni Rossiya musulmonlari diniy boşqarmasi Ulamolar kengaşi fatvo eʼlon qilgandi. Unga köra, Rossiyada musulmon erkaklar öz ayollariga nisbatan adolatli va teng munosabatda böliş şarti bilan 4 tagaça şarʼiy nikoh tuzişiga ruxsat berilgandi. Uşbu şartlar bajarilmasa, erkakka bir neçta xotin olişga ruxsat berilmaydi.









