Saudiya Arabistoni muftiysi hayit namozi böyiça fatvo çiqardi

Saudiya Arabistoni muftiysi hayit namozi böyiça fatvo çiqardi

Koronavirus pandemiyasi sabab jamoat namozlarini uylarida ado qilayotgan butun dunyo musulmonlari hayit namozini ham jamoat bölib öqiy olmaydilar.

Saudiya Arabistoni ulamolari kengaşi raisi va Ilmiy tadqiqotlar boşqarmasi boşliği muftiy Abdulaziz aş-Şayx koronavirus bilan boğliq vaziyatdan keyin bu yilgi hayit namozini uyda öqişga ruxsat beriş töğrisida fatvo çiqardi. Bu haqda Azon.uz xabar berdi.

Fatvoga köra hayit namozi xutbasiz ado qilinadi. Namoz ikki rakʼat bölib, unda oltita takbir bor.

Şuningdek, u fitr sadaqa va zakotni munosib bölgan odamlarga taqsimlab beriş va hayit doimgidek xursandçilik bilan nişonlaşi kerakligini qöşimça qildi.

Ulamolar kengaşining aʼzosi şayx Abdul Salom Abdulloh Sulaymon hayit namozini yolğiz öqimay, oila aʼzolari bölsa, ularning hamrohligida ado qilişlari mumkinligini fatvoda bildirib ötgan.

Hayit namoz vaqti

Şuningdek, olimlar hayit namozining vaqti quyoş çiqqandan söng 15-30 minut ötişi kerakligini aytadilar. Hayit namozining vaqti peşin namozidan oldin tugaydi.

Barça mazhablarga köra, quyoş çiqayotgan vaqtda hayit namozini öqiş mumkin emas. Şunday qilib, quyoş çiqqandan 15-30 minut keyin namoz öqiladi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda Ramazon hayiti 24 may, yakşanba kuniga töğri kelmoqda. 

×