Avvalroq, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan “Özbekkino” Milliy agentligida aniqlangan holat böyiça Jinoyat işi oçilgani, ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. Uşbu masala “Mendirman Jaloliddin” seriali va loyiha rahbari – Özbekiston Respublikasi Prezidentining tönğiç qizi, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik Kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva bilan aloqador emas. Gap boşqa film xususida bormoqda.
QALAMPIR.UZ töplagan maʼlumotlarga köra, loyiha taşkiliy guruhi avval boşdan “Özbekkino” mablağlarini, şu jumladan stsenariyni ham rad etgan. Serial töla-tökis homiylik mablağlari evaziga suratga olinmoqda va uning QALAMPIR.UZ’ga maʼlum byudjeti 7 million AQŞ dollarini taşkil etadi.
Loyihaga boşçilik qilganlar, serialga tayyorgarlik jarayonlari boşlangan ilk kunlardanoq u homiylik mablaği evaziga suratga olinayotgani va serialni “Orient Finans Bank” moliyalaştirayotganini aytib kelmoqda. söz bilan aytganda uning moliyaviy manbasi yaşirilgani yöq. Taqdimot marosimida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik Kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva ham serialga homiylik qilgani uçun “Orient Finans Bank” rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, avval boşdanoq işçi nomi “Menman, Jaloliddin” nomli filmga ajratilgan “Özbekkino” MA mablaği va Nazar Eşonqul tomonidan yozilgan birlamçi stsenariy rad etilgan. Serialni suratga oliş işlarida “Özbekkino” MA iştirok etmagan.
Boş prokuraturaning qayd etişiça, “Özbekkino” Milliy agentligi mansabdor şaxslariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boşqa moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu işga “Orient Finans Bank” homiyligida Turkiya tayyorlanayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali va uşbu loyiha rahbariyatining aloqasi yöq.
Mazkur jinoyat işi qözğatilişiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan “Özbekkino” Milliy agentligida ötkazilgan tekşiruv hujjatlari asos bölgan.
Tergov jarayonida,“Özbekkino” Milliy agentligining faoliyatiga tegişli hujjatlar olinib, moliyaviy-xöjalik faoliyati yuzasidan taftiş tayinlangan.
Aniqlanişiça, 2018 yil 22 iyunda “Özbekkino” Milliy agentligi hamda “Best organaizer” MÇJ örtasida “Menman, Jaloliddin” nomli film yaratiş haqida dastlabki şartnoma tuzilib, şartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln söm mablağ tölab berilgan.
“Mendirman Jaloliddin” nomi bilan Turkiya Respublikasidagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni işlab çiqariş xarajatlari byudjetdan emas, balki boşqa homiylar tomonidan moliyalaştirilganligi sababli, “Özbekkino” Milliy agentligidan ajratilgan mablağlar filmni işlab çiqariş uçun sarflanmagan va bugungi kunda byudjetga qaytarilgan.
Ayni masala yuzasidan "Özbekkino" Milliy agentlig ham öz munosabatini bildirdi va jinoyat işi bu "“Mendirman Jaloliddin” serialiga aloqador emasligini maʼlum qildi.
"Jinoyat işiga Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyevaning mutlaqo aloqasi yöq bölib, tarqatilgan maʼlumotlar asossiz ekanligini maʼlum qilamiz", deydi agentlik.
Agentlikning ham tasdiqlaşiça, uşbu jinoyat işi aynan “Mendirman Jaloliddin” filmiga nisbatan oçilgan emas.
"Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Agentlik OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvçilaridan uşbu tekşirilmagan axborotni noörin talqin qilmaslikni söraydi. Çunki bu tergov jarayonlariga bosim ötkaziş yoki taʼsir körsatişga uriniş, deya baholanişi mumkin", deyiladi bayonotda.









