5 vaqt namozni uyda öqiş va juma namozi böyiça fatvo berildi

5 vaqt namozni uyda öqiş va juma namozi böyiça fatvo berildi

Keça, 15 mart kuni Özbekistonda koronavirus bilan boğliq ilk holat qayd etilganidan keyin, Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mamlakatdagi barça diniy taşkilotlarga diniy marosimlarni ötkazişni vaqtinça çeklaş töğrisida tavsiya kiritilgani aytildi. 

Bugun, 16 mart kuni Özbekistonda koronavirus bilan oğrigan bemorlar 6 nafarga yetdi. Şundan söng, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi – muftiy Usmonxon Alimov özbekistonlik musulmonlarga murojaat bilan çiqdi. 

Alimovga köra, Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi şoşilinç yiğiliş ötkazgan. Yirik islomiy taşkilotlar va ulamolarning fatvo hamda xulosalari örganilgan fatvo qabul qilingan. 

“Dinimizda insonning joni, eʼtiqodi, aqli, moli va obrösini saqlaş muhim asoslardan biridir. Mana şu jihatlarga zarar yetadigan holatlarda şariat öz körsatmalarini insoniyatga yengillatadi. Maʼlumki, bugungi kunda JSST koronavirus COVID-19ni pandemiya deb eʼlon qildi. Uşbu kasallik asosan havo tomçi va qöl berib söraşiş kabi holatlarda yuqadi.Şunda ekan, jamoa bölib töplaniş holatlari uşbu xatarli virusning tarqalişiga sabab bölmoqda”, deydi Alimov.

Özbekiston Musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşining koronavirus COVID-19 infektsiyasining oldini oliş böyiça qabul qilgan fatvosiga köra: 

1. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlaşgungaça juma namozlari örniga uyda peşin namozini öqisinlar. Şuningdek, beş vaqt namozlarni ham uyda ado etsinlar.

2. Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoşlari iştirokida xonadonlarda öqilsin.

3. Masjidlarda namoz vaqtini bildiriş uçun azon öz vaqtida aytilsin.

4. Mömin-musulmonlar imkon qadar kasallikni tarqalişining oldini olişga öz hissalarini qöşsinlar.

5. Har bir musulmon ibodatlar va duolarda Alloh taolodan uşbu kasallikni daf qilişini sörab, ixlos bilan iltijo qilişlari lozim.

6. Dinimiz poklikka buyurar ekan, kasallikning oldini oliş borasidagi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tavsiya etilgan körsatmalarga qatʼiy amal qiliş har bir musulmonning vazifasidir.

7. Karantin davrida masjidlar va tahoratxonalarda Soğliqni saqlaş vazirligi tavsiyalari asosida davriy dezinfektsiya işlari ötkazilsin.

8. Bunday vaziyatlarda oziq-ovqat, dori-darmon va boşqa zarur vositalarni narxini oşiriş, sunʼiy ravişda taqçillikni yuzaga keltiriş hamda aholi örtasida turli vahimali xabarlarni tarqatiş şarʼan haromdir.

Uşbu fatvo virus aniqlangan musulmon mamlakatlar hamda boşqa ölkalardagi yirik islomiy taşkilotlar va ulamolarning uşbu masaladagi fatvo hamda xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilingan.

×