Şifokorda koronavirus aniqlangani sabab butun boşli klinika yopildi

Şifokorda koronavirus aniqlangani sabab butun boşli klinika yopildi

Avstraliya şifoxonalaridan biri yopildi. Bunga u yerda işlaydigan şifokorda koronavirus aniqlangani sabab qilib körsatildi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar qilmoqda.

"Şifokor joriy yilning 29 fevral kuni Avstraliyaga AQŞdan uçib kelgan. Unda tumov alomatlari Denverdan San-Frantsiskoga uçgan içki reysda aniqlandi, keyin u United Airlines 0060 reysi bilan Melburnga uçib keldi. Bir neça kun ötib, undagi tumov koronavirus bilan boğliqligi aniqlandi. U 2 martdan 6 mart sanasigaça 70 ga yaqin bemorni tekşiruvdan ötkazgan. Hozir uşbu 70 kişi nazoratga olindi", dedi Viktoriya ştati soğliqni saqlaş vaziri Jenni Mikakos matbuot anjumanida.

Yangi Janubiy Uels ştatida bir keçada oltita yangi koronavirus holati qayd etildi. Şu bilan Avstraliyada jami kasallanganlar soni 60 taga yetdi.

Sönggi maʼlumotlarga köra, jahonda koronavirusga çalinganlar 102 581 nafarni taşkil qilmoqda. Uşbu kasallikdan 3501 kişi vafot etdi. 57 700 bemor esa şifo topgan. Bemorlarning 6 137 nafari yoki 15 foizi oğir ahvolda deb baholanmoqda.

Qalampir.uz

×