Buxoro şahridagi 3-örta umumtaʼlim maktabi öquvçisida COVID-19 infektsiyasi qayd etilgani sababli öquv tizimi onlayn rejimga ötkazildi. Bu haqda viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi maʼlumotiga tayanib, «Daryo» muxbiri xabar berdi.
Şahar xalq taʼlimi bölimi boşliği Ötkir Najmiddinovning qayd etişiça, COVID-19 infektsiyasi aniqlangan 3-örta umumtaʼlim maktabi öquvçisi şu maktabda tahsil olib kelgan akasi bilan ham muloqotda bölgan. Viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasining xati asosida 7 apreldan maktabda öquv tizimi onlayn rejimga ötkazilgan.
«Boşqa öquvçi yoşlar va maktab jamoatçiligi salomatligini himoyalaş, şuningdek, mazkur maktabda koronavirus infektsiyasining keng tarqalib ketişining oldini oliş, epidemiologik zanjirni uzib qöyiş hamda öquvçilarning alohidalanişini taʼminlaş maqsadida öquv tizimi onlayn rejimga ötkazildi. Maxsus körsatma bölgunga qadar onlayn öquv rejimi davom ettiriladi», — dedi Ötkir Najmiddinov.
Maʼlumot uçun, epidemiologik holat oğirlaşgan hududlarda mahalliy hokimlik organlariga karantin talablarini kuçaytiriş çoralarini köriş vakolati berilgan. Şuni inobatga olib, hududiy hokimliklar baʼzi tumanlardagi maktablarni töliq masofaviy taʼlim şakliga ötkaziş böyiça qaror qabul qilişi mumkin. Öz navbatida, maktablar maʼmuriyatiga sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etiş böyiça topşiriq berilgan.









