Jennifer Lopezning kontserti sabab Toşkentdagi ayrim köçalar yopildi

Jennifer Lopezning kontserti sabab Toşkentdagi ayrim köçalar yopildi

Bugun, 7 avgust kuni Toşkent şahrining Çilonzor tumanida joylaşgan Bunyodkor stadionida soat 19:00 da xonanda Jennifer Lopezning kontserti bölib ötişi munosabati bilan ayrim köçalar vaqtinça yopildi. Bu haqda poytaxt Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Çilonzor tumanining quyida keltirilgan köçalarida soat 12:00 dan 23:00 ga qadar bölgan vaqt oraliğida avtotransport vositalari harakati töliq çeklanadi:

  • Çöponota – Qatortol köçalari çorrahasidan Çöponota köçasi böylab, Çöponota va Çilonzor köçalari kesişgan çorrahasigaça bölgan qismi;
  • Çilonzor – Çöponota köçalari çorrahasidan Çilonzor köçasi böylab, Çilonzor – KXAY köçalari kesişgan çorrahasigaça bölgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinçi darajali köçasi: KXAYdan Çöpon ota köçasigaça bölgan qismi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz va aylanma va yondoş köçalardan harakatlanişni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Teglar:
×