Maʼlum bölişiça, bu dahşatli hodisadan faqatgina bir bola tirik qolgan.
Bola uy yaqinidagi novvoyxonaga yugurib çiqqan va yordam söragan. Uşbu holat aks etgan video esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
“Life Shot ” telegram kanalida çop etilgan videoda tanasidan qon oqayotgan bola mast ögay otasi butun oilani piçoqlagani va uni öldirmoqçi bölganini aytgan. Nonvoyxonadan işlovçi ayol esa tez yordam çaqirib, politsiyaga qönğiroq qiladi.
Aniqlanişiça, bolakay tunda ikki yoşli ukasining qiçqiriğidan uyğonib ketadi - katta akasi va onasini ögay otasi allaqaçon öldirgan böladi. U xonadan çiqib ketmoqçi böladi, lekin erkak uni qoçmoqçi bölgan paytida orqasiga piçoq uradi. Ögay otasidan zörğa qoçib qutilgan bola derazani sindirib, novvoyxona tomonga yugaradi.
Bungaça uşbu vahşiy qotillik Tataristonda bölib ötgani haqida xabar berilgandi. Unga köra, Mendeleyevsk şahrida ögay ota sobiq turmuş örtoği, katta hamda eng kiçik öğlini öldirgan edi.
“U zudlik bilan hibsga olingan”, deya xabar berdi “Lenta.ru” saytiga Rossiya Tergov qömitasi viloyat bölimi vakili. Dastlabki maʼlumotlarga köra, fojia sababi erkakning raşki va mastligi bölgan.
Maʼlum bölişiça, jinoyatçi bundan oldin uç marotaba sudlangan ekan.









