22 oktyabr kuni Xorazmda 4 kişidan iborat butun boşli oila ehtiyotsizlik oqibatida vafot etgani xabar qilingan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan qöşimça maʼlumotlarni taqdim etdi.
Joriy yilning 22 oktyabr kunidan 23 oktyabr kuniga ötar keçasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qişloğida istiqomat qiluvçi fuqarolar K.Ğ., uning turmuş örtoği va 2 nafar farzandi isitiş qozonining dudburoni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etganlar.
Baxtsiz hodisa sabablari örganilganda, xonadondagi isitiş qozoni dudburonining (mörisi) içiga yoz paytida quşlar in qurgani, dudburon xas-xaşak va quşlarning pati bilan tölib qolgani va tortiş kuçini yöqotganligi sabab bölgan.
Tabiiy gazning çala yonişi oqibatida is gazi hosil bölişi hamda uning uy içiga töplanişi fuqarolarning ölimiga olib kelgan.
“Kirib kelgan kuz-qiş mavsumida isitiş peçlaridan foydalanişdan avval dudburonlarning tozaligi va töğri örnatilganligiga işonç hosil qiling”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabarida.









