Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegişliligi aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Taʼkidlanişiça, voqea tuman hokimi va mahalla raislari iştirokidagi yiğilişda bölib ötgan. Audioyozuvda hokim yiğiliş iştirokçilarini pul tuşumlarini öz vaqtida taʼminlamagani uçun turli sözlar bilan haqoratlagani va sökkani, şuningdek, baʼzilarni urgani eşitiladi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev özining Telegram’dagi kanali orqali mazkur voqeaga munosabat bildirdi.
Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumani hokimi kim bölişidan qatʼiy nazar rahbarlikka nomunosib, uquvsiz, bilimsiz, tuban inson ekanligini namoyon etibdi.
Bu inson özining bugungi Özbekiston kelajagini qurib bölmaydigan va Prezident obrösini tökadigan kaltafahm, pastkaş şaxs ekanligini namoyon qildi.
Örtoq uşbu «inson»ga aytar gapimiz: tinçgina örinni böşatib, heç kim eşitmaydigan dala-daştda istagança baqirib yuraverişi. Agar ösimlik va dov-daraxtlar gapini eşitsa şunda ham. Xullas boreyeyeye... Sizdaqalarga vatanni qolgan kuni qurisin...
Rasul Kuşerbayev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati
Avvalroq Mirişkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov «Daryo» muxbiri bilan bölgan muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovoz unga tegişli ekanligini tan olib, mazkur qilmişini mahalla raisining bepisand muomalasi bilan izohlagan edi.
Eslatib ötamiz, Mirişkor tumani sobiq hokimi Ravşan Komilov dala maydonidan makkajöxori olayotgan otaxonni haqoratlagani uçun tanilgan va keyinroq bu işi uçun uzr söragan. Mazkur voqeadan köp ötmay Ravşan Komilov öz lavozimidan ozod etilgan va uning örniga amaldagi hokim Baxtiyor Rajabov tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölib işlagan Baxtiyor Rajabovga sönggi imkoniyat berilgan edi.









