Mirişkor tumani hokimi işdan olindi «Bundaylarga safimizda örin yöq» – O'zLiDeP Mirişkor hokimini lavozimiga noloyiq deb xulosa berdi

Mirişkor tumani hokimi işdan olindi «Bundaylarga safimizda örin yöq» – O'zLiDeP Mirişkor hokimini lavozimiga noloyiq deb xulosa berdi

Mirişkor tumani hokimi B.Radjabov rasman egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Xalq deputatlari Mirişkor tumani kengaşidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yiğilişi bölib ötdi. Partiya viloyat kengaşi aʼzolari ham iştirok etgan uşbu yiğilişda tuman hokimi, partiyadan tuman kengaşiga saylangan deputat Baxtiyor Rajabov bilan boğliq vaziyat muhokama qilindi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlumki, şu yilning 28 fevral kungi yiğilişda B.Rajabov mahallalar raislarini juda qöpol sözlar bilan haqoratlagan audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi va jamoatçilikning haqli eʼtiroziga sabab böldi. Audioyozuvda hokim yiğiliş iştirokçilarini pul tuşumlarini öz vaqtida taʼminlamagani uçun turli sözlar bilan haqoratlagani eşitiladi.

Deputatlik guruhi yiğilişda mazkur holat yuzasidan keskin fikr-mulohazalar bildirildi. Hokimning uşbu xatti-harakati inson şaʼni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuz sifatida baholandi. Deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan bunday hatti xarakatlari bilan B.Rajabov nafaqat Qaşqadaryo viloyati nomiga, balki tuman kengaşiga O‘zLiDePdan saylangan deputat sifatida partiya nomiga ham salbiy taʼsir körsatayotganligini alohida taʼkidladilar. O‘zLiDeP rahbar har işni qonun doirasida bajarişi, agar hokimning qonuniy talabini bajarmaydiganlar bölsa, ularga haqoratlaş, şaxsiyatiga tegiş yöli bilan emas aynan qonun doirasida çora körişi lozim deb hisoblaydi. Bu kabi holatlarni esa keskin qoralaydi. Zero, bugungi kun hokimi öz işi bilan, sözi bilan, xulq-atvori bilan barçaga örnak bölişi şart. Şiddat bilan keçayotgan islohotlar şuni talab etadi. Eng muhimi, heç kim öz hatti-xarakatlari bilan islohotlarga soya solişi mumkin emas, bundaylarga safimizda örin yöq!

Deputatlar uşbu masalada özlarining keskin fikrlarini bayon qilib, B.Rajabov egallab turgan lavozimiga mutlaqo noloyiq deb hisoblaşlarini va tuman xokimi bilan boğliq masalani tuman sessiyasida körib çiqiş uçun kiritiş va unda uşbu masalaga nisbatan O‘zLiDeP deputatlik guruhining qatʼiy munosabatini bildiriş lozimligi borasida takliflarini örtaga taşladilar.

Körilgan masalalar yuzasidan deputatlik guruhining tegişli qarori qabul qilindi, deyiladi xabarda.

Mirişkor tumani hokimi B.Radjabov rasman egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

×