Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev monopolistlarga berilayotgan imtiyozlar borasida öz tanqidiy fikrlarini bildirdi.
«Imtiyozlar iqtisodiyotda halol raqobatning yöqolib, isteʼmolçilarga tanlovsiz, sifati past mahsulot va xizmatlardan majburan foydalanişga olib kelişi mumkin.
Afsuski, sönggi vaqtlarda ayrim monopolistlarga berilayotgan alohida ustun huquqlar aholi ijtimoiy kayfiyatiga salbiy taʼsir ötkazmoqda.
Çunki aholi şu sohada özi istagan sifatli, arzon mahsulot va xizmatdan foydalana olmayapti. Bular qatoriga boqimanda «Özavtosanoat» tarkibidagi korxonalarga berilayotgan imtiyozlar ham kiradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Maxsus sanoat zonasi «Andijon viloyati sanoat xabi»ni taşkil etiş çora tadbirlari töğrisida»gi ID-26203 (V-1) qarori loyihasida közda tutilgan imtiyozlar şunday xulosaga olib kelayapti: halol va teng şaroitda işlaşga işongan korxona öz maqsadlariga Prezident nomidan foydalanib erişmaydi.
Loyihadagi toqat qilib bölmas vaziyat: ayrim yurtdoşlarimiz ilojsizlikdan bir parça suğoriladigan yerda «özboşimça», deb topilayotgan boşpanalarining buzilişidan hadiksirab kun ötkazayotgan bir vaqtda uzoq yillar şohona imkoniyat va imtiyozlar qurşovida yaşagan «Özavtosanoat»ga (Sanoat xabi) yana 100 gektarlik suğoriladigan yer maydoni beğaraz berilmoqçi. 5-6 sotixmas, 100 gektar.
Kulgilisi, oziq-ovqat xavfsizligiga «özboşimça» uy qurib yaşayotgan kambağal aholi xavf solayapti, deb bong uramiz, kambağalni qiynaymiz. Yuzlab gektar suğoriladigan yerlarni egallayotgan monopolistlar esa oppoq, ideal.
Bu ham yetmagandek hamma yerni auktsion orqali olsa, «Özavtosanoat» auktsionsiz olmoqçi.
«Prosta» bez emas, sal bet bölişi kerak.
Yana bir gap «Özavtosanoat» taʼsis etadigan korxona 100 gektar yerdan taşqari 2023 yil 1 yanvarga qadar import qilinadigan quriliş materiallari, uskunalar, quriliş texnikasi, butlovçi buyumlar, ehtiyot qismlar, metall konstruktsiyalarini xorijdan olib kelişda bojxona tölovlaridan ozod bölmoqçi. Yana imtiyoz...
Umid qilamanki, adolatli, kuçli fuqarolik jamiyati quriş yölida ketayotgan bir vaqtda «bir töda» közga körinmas şaxslarning lobbizmi ekanligi körinib turgan bunday loyiha qabul qilinmaydi», — deb yozadi Rasul Kuşerbayev.









