Rasul Kuşerbayev “yil jinoyati” haqida gapirdi

Rasul Kuşerbayev “yil jinoyati” haqida gapirdi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev qonunçiligimizda arzimagan harakatlar uçun ham şartta jinoiy javobgarlikka tortiş holatlari, afsuski, haliyam borligi haqida fikr bildirdi: 

Töğrisi Andijon şahridagi “Registon” saylgohida drondan ruxsatnomasiz foydalanib, klip olmoqçi bölgan operatorning salkam “yil jinoyatçisi”ga aylanib qolgani haqida öqib na kulişni na yiğlaşni bilmaysan. 
 
Sababi har qanday harakatning huquqiy oqibatiga qarab javobgarlik belgilanişi kerak. Va men şu kunga qadar drondan foydalanişning jamiyat va davlat uçun qanday oğir oqibat olib kelişi mumkinligini tuşunmaganman. Ruxsat olsa xavfsiz, ruxsat olmasa xavfli. Xuddiki avtomobillar “tonirovka”si kabi: pulini tölasang xavfsiz haydovçisan, tölamasang xavfli haydovçi. 
 
Bunda tengsizlik tugab, tenglik bölişining mohiyati şundaki, yangi yil keçasida Toşkentda odamlar ustida uçgan “dronlar şousi” davlat va jamiyat uçun heç qanday xavf tuğdirmadi, deb qaralgani kabi klip oliş uçun drondan foydalanişning oqibati ham öşa “dronlar şousi” kabi baxolanişi kerak. Çunki mohiyatan bitta holatga ikkita köz bilan qöşstandart uslubida qaraş adolatsizlik, deb tuşuniladi.
 
Oddiy aytganda xatto jarima solişga ham tormaydigan bu kabi jazolarni jinoyat qonunçiligidan butunlay çiqariş va nari borsa maʼmuriy tartibdagi javobgarlikka ötkaziş vaqti allaqaçon yetib kelgan. Bu gapim mantiqsiz “tonirovka” çekloviga tegişlimas, uni butunlay bekor qiliş kerak. 
 
Tan olaman: dron masalasida javobgarlikni jinoyat darajasida belgilaşda biz deputatlarning hissasi katta, çunki istab-istamay bunga qaçonlardir özimiz ovoz berganmiz. Biroq öşa vaqtning talabi va zarurati nima bilan boğliq bölganini hozir bilmayman. Bugun esa bu – bugun.

×