Prezident Şavkat Mirziyoyev «2017—2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini ‘Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yiliʼda amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi farmonni imzoladi (avvalroq farmon loyihasi haqida xabar berilgan edi).
Prezident farmonida belgilanişiça, 2020 yil 1 apreldan boşlab Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulkni olişda Özbekiston fuqarolari uçun uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega böliş talab qilinmasligini közda tutuvçi tartib joriy etiladi.
Ayni vaqtda, Özbekistonda doimiy istiqomat qiluvçi va respublikaning boşqa hududlarida doimiy propiskaga ega bölgan fuqarolar tomonidan Toşkentda yangi qurilgan uylarda köçmas mulk oldi-sotdisi şartnomalarini rasmiylaştiriş uçun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilinadi.
Prezident Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Içki işlar vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi hamda boşqa vazirlik va idoralarga 1 aprelga qadar uşbu körsatmalar bajaralişini nazarda tutuvçi hujjat loyihalarini işlab çiqiş haqida topşiriq bergan.
Farmonda alohida taʼkidlanişiça, uşbu özgarişlar «keng jamoatçilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatçiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda» amalga oşirilmoqda; uşbu özgarişlarni amalga oşiriş haqidagi taklif, qayd etilişiça, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari böyiça milliy markaz tomonidan berilgan.









