16 oktyabrdan jismoniy şaxslar istalgan bankdan kredit olişi mumkin. Bunda “propiska“ning ahamiyati yöq. Hukumatning tungi vaqtda faoliyat yurituvçi umumiy ovqatlaniş korxonalari va köngiloçar obʼektlarda jamoat xavfsizligini taʼminlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi qaroriga muvofiq, 2019 yil 15 oktyabrdan boşlab umumiy ovqatlaniş korxonalari va köngiloçar obʼektlar quyidagi talablar bajarilganda tunu kun faoliyat yuritişga ruxsat berildi:
-körsatilgan obʼektlarning içki qismiga, şu jumladan, xizmat körsatiş xonalari, kiriş va çiqiş joylariga tasvirni kamida öttiz kun davomida saqlaş imkoni bölgan videokuzatuv tizimini örnatiş;
– binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va boşqa tegişli hududni yetarli darajada (kamida 10 metr masofada) yoritiş;
– binoda şovqin meʼyorlariga qöyilgan talablarga amal qiliş yoki tungi vaqtda musiqa va tovuş kuçaytirgiç asboblardan foydalanmaslik;
– yonğin öçiriş vositalari va tibbiy yordam qutiçalari bilan taʼminlaş;
– hamma uçun körinarli joylarga evakuatsiya çizmasi hamda tezkor va qutqaruv xizmatlarining telefon raqamlari haqida maʼlumotlar örnatiş.
Bu haqda rasman «Xalq sözi» naşri maʼlum qildi.









