Bugun, 30 iyul — Odam savdosiga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan prezident «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Farmonga binoan Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi etib qayta taşkil etildi. Senat raisi bu komissiyaga rahbarlik qiladi.
Milliy komissiya vazifalari:
- davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari va nodavlat notijorat taşkilotlarining odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş hamkorlik qiliş;
- milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş;
- odam savdosiga hamda majburiy mehnatga qarşi kuraşiş sohasida davlat dasturlari hamda boşqa dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşirişni taşkillaştiriş;
- odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarni tahlil qiliş, baholaş, monitoring qiliş va samaradorligini oşiriş;
- sohadagi jinoyatlarni aniqlaş, taftiş qiliş, oldini oliş va ularga çek qöyiş amaliyotini örganiş.
Farmon bilan Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar (şaharlar) hokimlari zimmasiga odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş böyiça hududiy komissiyalarga rahbarlik qiliş vazifasi yuklandi.
Bundan taşqari, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş böyiça milliy maʼruzaçi instituti taʼsis etildi. Uning funktsiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklandi.









