Bugun, 29 may kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Kiçik biznes subʼektlarining ösişi uçun yanada qulay iqtisodiy va maʼmuriy şart-şaroitlar yaratiş töğrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, farmon kiçik biznes subʼektlari uçun soliq rejimini yanada qulaylaştiriş, qöşilgan qiymat soliği maʼmuriyatçiligini soddalaştiriş orqali aylanmadan oçiqlaş va biznesni ösişini rağbatlantiriş maqsadida imzolangan.
Hujjatga köra, quyidagilar uşbu farmonni qabul qilişdan közlangan asosiy maqsadlar etib belgilangan:
- biznes ösişi uçun iqtisodiy va maʼmuriy qulayliklar yaratiş;
- asosiy soliq stavkalarini oşirmasdan şaffof soliq bazasini kengaytiriş;
- raqamli servislar va soliq solişning adolatlilik tamoyiliga asoslangan xavfga yönaltirilgan soliq maʼmuriyatçiligini yaxşilaş;
- davlat, biznes, xodimlar, isteʼmolçilar, mahalliy byudjetlar va investorlar manfaatlari muvozanatini taʼminlaş.
Joriy yil 1 iyundan boşlab soliq solişning umumbelgilangan tartibiga ötiş uçun belgilangan çegaraviy miqdor bazaviy hisoblaş miqdorining ön ikki ming baravari etib belgilanadi.
2026 yil 1 iyundan boşlab mehmonxona va umumiy ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan:
- alkogol va tamaki mahsulotlarini sotişda naqd pul tölovlarini qabul qilişga ruxsat beriladi;
- alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari uşbu subʼektlarda yakuniy isteʼmolga realizatsiya qilingan deb eʼtirof etiladi.
Şuningdek, umumiy ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik subʼektlari uçun:
- ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalaştirilgan tartibda şu kunning özida va muayyan muddatga rasmiylaştiriş va iş haqini tölaş tartibi joriy etiladi;
- tölangan qöşilgan qiymat soliğining bir qismini qaytariş, tuşumning naqd pulsiz şaklda tuşgan uluşidan qatʼi nazar, tölangan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oşiriladi;
- umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmat körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subʼektlariga tegişli bino va inşootlarga hamda yer uçastkalariga tutaş hududlardan foydalanişda tölanadigan ijara tölovi miqdori Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadigan yer soliğining bir baravari miqdorida belgilanadi.
2027 yil 1 yanvardan boşlab:
- alkogol mahsulotlarini çakana sotiş huquqi uçun hamda umumiy ovqatlaniş korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiliş huquqi uçun yiğimlar birlaştiriladi va uning stavkasi bazaviy hisoblaş miqdorining 10 foizi miqdorida belgilanadi;
- jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan tadbirkorlik subʼektlariga umumiy maydoni 1 000 metr kvadratdan köp bölgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq soliş maqsadida ijara tölovining eng kam stavkalari qöllanmaydi, bundan Toşkent şahri mustasno;
- kiçik biznes subʼektlariga buxgalteriya hisobini yurituvçi taşkilotlar va soliq maslahatçilarini jalb qiliş xarajatlarini ikki baravar oşirgan holda çegirişga ruxsat beriladi.
Joriy yil 1 iyundan 2030 yil 1 yanvarga qadar asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlaniş, savdo yoki xizmat körsatiş sohasi bölgan tadbirkorlik subʼektlariga, bundan davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan korxonalar hamda yirik soliq tölovçilar mustasno, ixtiyoriy ravişda qöşilgan qiymat soliğini hisoblab çiqariş va tölaşning soddalaştirilgan tartibini tanlaş huquqi beriladi.
Qöşilgan qiymat soliğini hisoblab çiqariş va tölaşning soddalaştirilgan tartibida:
- qöşilgan qiymat soliği stavkasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiliş böyiça barça aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi;
- foyda soliği stavkasi 0 foiz etib belgilanadi va soliq hisobotini taqdim etiş majburiyati bekor qilinadi;
- sotib olingan tovarlar (xizmatlar) böyiça tölangan qöşilgan qiymat soliği summasini hisobga oliş huquqi berilmaydi;
- soliq solişning umumbelgilangan tartibida nazarda tutilgan:
- qöşilgan qiymat soliği böyiça mavjud imtiyozlar, preferentsiyalar va tölangan soliqning bir qismini qaytarib beriş tartibi qöllanmaydi;
- qöşilgan qiymat soliğining mavjud salbiy farq summasi hisobdan çiqariladi;
- mazkur tartibdagi tadbirkorlik subʼektlaridan tovarlar va xizmatlarni sotib olgan xaridorlarga qöşilgan qiymat soliği summasini hisobga oliş huquqi beriladi.
Şu bilan birga, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan qöşilgan qiymat soliğini hisoblab çiqariş va tölaşning soddalaştirilgan tartibiga ötiş yoki uni qöllaşdan voz keçiş xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning birinçi sanasidan amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, qöşilgan qiymat soliğini hisoblab çiqariş va tölaşning soddalaştirilgan tartibidan umumbelgilangan tartibga ötilganda, soliq tölovçi bunday ötiş sanasida öz balansida mavjud bölgan tovar-moddiy zaxiralar va uzoq muddatli aktivlar qoldiqlarining balans qiymatida hisobga olingan qöşilgan qiymat soliği summalarini belgilangan tartibda hisobga oliş huquqiga ega böladi.
Soliq qömitasi bir oy muddatda elektron hisobvaraq-fakturalar va xarid çeklarida qöşilgan qiymat soliğini 6 foizlik stavka böyiça hisoblaş hamda uning alohida hisobini yuritiş tizimini joriy etadi.
Şuningdek, qöşilgan qiymat soliği tölovçisi guvohnomasi faqat uşbu soliq tölovçilar hisobini yuritiş maqsadida beriladi va taʼsir çoralarini belgilaşga asos bölib hisoblanmaydi.
Quyidagilar bekor qilinadi:
- qöşilgan qiymat soliği tölovçisi guvohnomasini vaqtinça töxtatib turiş tartibi;
- Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasi orqali tovarlarni olib kirişni (importni) amalga oşiruvçi yuridik şaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslarni majburiy tartibda qöşilgan qiymat soliği tölovçisi deb eʼtirof etiş;
- 2027 yil 1 yanvardan boşlab soliq xavfi darajasi past bölgan hollarda qöşilgan qiymat soliğining salbiy farq summasini qaytarişda (qoplaşda) inson omili iştirokidagi joriy amaliyotdan voz keçiladi;
- soliq tölovçida mazkur Farmon kuçga kirgunga qadar hosil bölgan hamda kelişda hosil böladigan 10 million sömgaça qöşilgan qiymat soliği böyiça salbiy farq summalari ularning arizasi talab etilmagan holda avtomatik tartibda qaytarib beriladi. Uşbu summani qoplab beriş bilan boğliq soliq tekşiruvlari ötkazilmaydi.
Soliq qömitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 yil 1 oktyabrga qadar elektron hisobvaraq-fakturalar va soliq hisobotining xavf darajasini real vaqt rejimida baholaş natijasida qöşilgan qiymat soliğining salbiy farq summasini avtomatik tarzda qaytariş (qoplaş) amaliyotini joriy etadi.
2028 yil 1 yanvarga qadar kiçik biznes subʼektlariga soliq organlarining “Soliq xavfini aniqlaş, tahlil qiliş va baholaş” avtomatlaştirilgan dasturi orqali aniqlanadigan soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlarini mustaqil tuzatiş imkoniyati berilib, quyidagi soliq tekşiruvlari ötkazilmaydi:
- soliq xavfi summasi beş yuz million sömgaça bölganda — soliq auditi;
- soliq xavfi summasi yuz million sömgaça bölganda — sayyor soliq tekşiruvi.
Soliq qömitasi 2026 yil 1 iyuldan boşlab kameral soliq tekşiruvi talabnomasiga tuşuntirişlar va (yoki) tuzatişlar taqdim etilganda soliq tölovçilarning banklardagi hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarni faollaştiriş jarayonini töliq avtomatlaştiradi.
Mazkur farmon norma va qoidalari, agar ularning özida keçroq muddat körsatilmagan bölsa, darhol kuçga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qömitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunçilik hujjatlariga uşbu farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mazkur farmonning ijrosini samarali taşkil qilişga masʼul va şaxsan javobgar etib Soliq qömitasi raisi Farrux Pölatov belgilanadi.
Farmon ijrosini muhokama qilib boriş, ijro uçun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov zimmasiga yuklanadi.









