«Qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ijaraga beriş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident Farmoni (PF-15-son, 18.01.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga köra, 2024 yil 1 martdan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ijaraga berişda oçiq elektron tanlov örniga elektron onlayn auktsion savdolari joriy etiladi.
Bunda:
- yer uçastkalari elektron onlayn auktsion savdolari orqali 30 yilga ijaraga beriladi, boşlanğiç narx yer uçastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;
- yer uçastkalarini ijaraga beriş böyiça elektron onlayn auktsion savdolari ğoliblariga yer uçastkasi narxini 3 yil muddatda har oyda teng uluşlarda bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi;
- dehqon xöjaligi, yakka tartibda boğdorçilik, polizçilik va çorvaçilikni yuritiş uçun yer uçastkalarini ijaraga beriş böyiça elektron onlayn auktsion savdolari ğolibi bölgan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari»da röyxatda turgan fuqarolarga yer uçastkasi narxini 5 yil muddatga teng uluşlarda foizsiz bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi.
2024 yil 1 martdan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari ijaraçilariga ijaraga berilgan yer uçastkalari böyiça öz huquq va majburiyatlarini yer uçastkasidan foydalaniş maqsadini özgartirmagan holda boşqa şaxsga ötkazişi (qayta ijaraga berişi) mumkin böladi.
2024 yil 31 dekabrga qadar öz hududlarida yerga bölgan huquq davlat röyxatidan ötkazilmagan, lekin amalda foydalanib kelinayotgan qişloq xöjaligiga möljallangan barça yer uçastkalari böyiça ijara huquqini davlat röyxatidan ötkaziş yoki yerni zaxiraga qaytariş çoralari köriladi.









