Namangan viloyati Çust tumanida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan D.Ibragimov tengdoşini qasddan öldirişda gumonlanib qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura «Daryo»ga maʼlum qildi.
Taʼkidlanişiça, «Döstlik» mahallasida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan X.Solijonov tanişi D.Ibragimovga muqaddam sotgan uyali telefon apparati pullarini oliş uçun uning oldiga borib qaytib kelmagan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda (Qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov davomida D.Ibragimov Çust tumani «Sadaça» mahallasidagi quriliş materiallari işlab çiqariş tsexida X.Solijonov bilan özaro janjallaşib, oldida bölgan temir bölagi bilan uning yuz va boş qismlariga bir neça marotaba urgani aniqlangan. Şundan söng D.Ibragimov tengdoşini şu yerdagi maişiy çiqindilar orasiga kömib yuborgan.
Jinoyat işi böyiça D.Ibragimov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvçi tariqasida uşlangan.









