Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani Gul qişloğida er şaʼriy nikohdagi xotinini böğib öldirib, jasadini bölaklarga bölib kömib yubordi. Bu haqda «Zamon.uz» xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, ayolning opasi 48 yoşli singlisining bedarak yöqolib qolgani va şubhali SMS’lar yozayotgani sabab içki işlar xodimlariga xabar bergan. Şundan söng gumonlanuvçi erkak organ xodimlari tomonidan uşlangan. Ayolning opasi bergan maʼlumotga köra, erkak unga singlisini öldirib, kömib taşlaganini aytgan. Izlanişlar natijasida Quyiçirçiq tumani Gul qişloğidagi hovlilarning biridan topildi. U bölaklarga bölinib, qöl sumkasiga joylangan holda bölgan.
Bundan taşqari, suriştiruvlar davomida erkak ayoliga tegişli qariyb 36 million sömlik tilla taqinçoqlarni, 30 ming 500 AQŞ dollarini va 1 million sömni özlaştirgani maʼlum bölgan. Şuningdek, SMS’larni ham ayolning opasiga u jönatib turgani aniqlangan. Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismi «i» bandi bilan aybdor deb topgan va unga nisbatan şu modda böyiça 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan.









