Qöqon şahrida qotillik jinoyati foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga maʼlum qildi.
Unga köra, şaharning Quduqlik köçasida yaşovçi A.X. (2000 y.t.) otasi Yo.X. (1972 y.t.) bilan birgalikda toğasi A.A.ni janjal oqibatida oşxona piçoği bilan böyin va qorin sohalariga bir neça marotaba urib, qasddan öldirdirişadi. Söng murdani yaşaş xonadoni hovlisiga kömib taşlaşadi.
Voqelik şu yilning 19 oktyabr kuni yarim tunda sodir bölgani aytilmoqda. Keça — 1 noyabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan A.X va Yo.X.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgani eʼtiborga olinsa, qotillik ön uç kunda foş etilgani oydinlaşadi. Jinoyat öta oğirligi va murakkabligidan kelib çiqilsa, uning ikki haftaga yetmay foş etilgani çakki körsatgiç emas.
Ota-bola ayni paytda hibsga olingan.









