9 yil oldin fuqaroni öldirib, jasadni dalaga kömib taşlagan şaxslar uşlandi

9 yil oldin fuqaroni öldirib, jasadni dalaga kömib taşlagan şaxslar uşlandi

Bundan 9 yil oldin Qaşqadaryoda fuqaroni öldirib, jasadini kömib ketgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanişiça, 2012 yil 24 yanvarda Qaşqadaryo viloyati, Koson tumani, “Qoraböyin” mahallasida yaşagan T.Ğ. öziga tegişli Nexia-2 rusumli avtomaşinasida uyidan çiqib ketib, bedarak yöqolgan.

T.Ğ. boşqaruvidagi avtomaşina Samarqand şahar, “Madaniyat” mahallasidagi köp qavatli uyning orqa tomonidan topilgan va holat yuzasidan Qarşi tuman prokuraturasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Bedarak yöqolgan T.Ğ.ning avtomaşinasini közdan keçiriş davomida, avtomaşinaning turli joylaridan jami 14 dona barmoq, kaft izlari olingan.

Mazkur jinoyat işi yuzasidan Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda amalga oşirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida öta oğir jinoyat foş etilgan.

Tergovda aniqlanişiça, M.O., T.A. va D.S. tomonidan bedarak yöqolgan Ğ.T. qasddan öldirilib, uning jasadini Çiroqçi tumani, “Şörbozor” mahallasi hududida joylaşgan zahiradagi dala maydonida kömib, avtomaşinasini esa Samarqand şahar, “Madaniyat” mahallasi, “Narpay” köçasidagi köp qavatli uyning orqa tomoniga taşlab ketişgani aniqlangan.

M.O., T.A. va D.S.ning sodir etgan jinoyati ularning iqrorlik körsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, körsatmalarni hodisa sodir bölgan joyda tekşiriş va yuzlaştiriş tergov harakatlari hamda boşqa dalillar majmui bilan töliq öz isbotini topgan.

Uşbu jinoyat işi yuzasidan 3 nafar şaxslarga JKning 97-moddasi bilan ayb eʼlon qilinib, barçasiga "qamoqqa oliş" ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Jinoyat işi yuzasidan Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

×