Toşkentda öz onasini öldirib, yertölaga kömib qöygan öğilga jazo tayinlandi

Toşkentda öz onasini öldirib, yertölaga kömib qöygan öğilga jazo tayinlandi

Ona özining bir parçasini vujudida töqqiz oy kötarib yurar ekan, kelajakka bölgan bir olam orzular bilan farzandini dunyoga keltiradi. Özi erişolmagan marralarga farzandi yetişişi uçun borini beradi. Kun kelib, öz dilbandi qölidan ölim topişi esa yetti uxlab tuşiga ham kirmasa kerak…

Yana bir bahorga yetganiga şukr qilib uyquga yotgan ona yangi tongni körolmasligini bilmasdi. Yarim tun! Şu keça yaşirilgan «sir» esa kişini larzaga solmay qöymaydi. Ayni şu tunda öğil öz onasini öldirişga qasd qilgandi. Bir muddat avval esa öğil onasini begona erkakdan raşk qilişi oqibatida özaro kelişmovçilik yuzaga kelgan. Natijada ötmas jism bilan onasining boş qismiga bir neça marta urib, qölida bölgan oşxona piçoği bilan uning öng tomon böyin orqa yuzasini sançib-kesib, qasddan öldirgan.

Sud majlisida jabrlanuvçining qonuniy vakili tariqasida söroq qilingan mahalla raisining bayon qilişiça, köp qavatli uydagi xonadonda marhuma va öğli istiqomat qilişgan. — Sudlanuvçi aqli zaifligi sababli, özini noodatiy ravişda tutib kelgan. Şu bois mahallada yoki uyda turli nomaqbul işlarni qilib qöymasligi uçun bir neça marta öğlini ruhiy davolaş muassasasiga joylaştiriş töğrisida aytganimda, «öğlim yakka, uni jamiyatdan ajratmaslikka harakat qilaman», degandi. Biroq bu oila notinç yoki muammoli oilalar turkumiga kirmagan. Oila öziga töq yaşagan. Bir neça marta sudlanuvçini işga joylaştirilgan. Biroq sudlanuvçi kelajagi uçun poydevor qilişga harakat qilmay, işlamasligini maʼlum qilgan. Onasi esa uni özi boqişini aytgan. Bir neça oy avval marhuma va öğli özaro janjallaşib qolişgandi. Ular podʼezdda janjallaşişayotganda mahalla faollari va mahalla noziri ularga tuşuntiriş berişimizga qaramasdan, hattoki mahalla nozirining talablariga böysunişmagan. Janjal sababi esa sudlanuvçi onasining hayotiga aralaşib, erkak kişi bilan uçraşgani uçun uni qizğangan va urişgan. Ular maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilganligi bois javobgar ham qilingan. Biroq sudlanuvçi yuriş-turişini töğrilamagan. Mahalla faollari va nozir bilan maslahatlaşib, öşa vaqtda ruhiy davolaş maqsadida psixiatrik naryad çaqirilib, davolaşga jönatilgan. Oradan 40 kun ötgaç, sudlanuvçi davolanişdan çiqqan, lekin nomaqbul harakatlari yöqolmagan. Voqea sodir bölgan kuni bir fuqaro sudlanuvçining tungi soat 02:30 larda uyning yertölasida fonar bilan yurganini körgan ekan, - dedi qonuniy vakil.

Gap şundaki, öğil sodir etgan jinoyatini yaşiriş maqsadida onasining jasadini özi yaşab kelayotgan xonadonning yertölasiga kömib qöygan. U jinoyati foş bölişidan qörqib, profilaktika inspektoriga onasini qidirib topişda yordam sörab murojaat qiladi. Uning murojaatiga asosan tezkor qidiruv xodimlari tomonidan ayolning yaşaş xonadoni yertölasi közdan keçirilganda jasad qotillik alomatlari bilan topilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasiga köra, ayolning ölimi boş miya yopiq jarohati fonida, böyin qon tomirlari va yumşoq töqimalarining şikastlanişiga olib kelgan va böyin orqa yuzasi öng tomonlama kesilgan yarasi oqibatida kelib çiqqan taşqi qon yöqotişdan yuz berganligi aniqlangan.

Sud psixotrik ekspertizasining xulosasiga köra esa sudlanuvçi ruhiy soğlom deb topilgan.

«BIR AMALLAB YERTÖLAGA SUDRAB OLIB TUŞDIM»

Sudda sudlanuvçi öğil aybiga töliq iqrorlik bildirdi. — Öşa tunda onam uxlaşimni, ertasi kuni ertalabdan bozorga tuşişimizni aytdi. Yarim tunda uyğonib ketdim, soat 02:00 edi. Onam menga idişda suv olib keldi va «içib ol», dedi. Kosadagi suvni içib, uxlab qoldim. 20 daqiqa ötgaç yana uyğondim. Öşa vaqt onam meni urayotganini angladim. Bu holat uyning mehmonxonasida sodir böldi. Onam balkondan temirdan yasalgan idişni olib kelib, tizza va oyoqlarimga urdi va oşxona piçoğini kötarib keldi, menga tiqmoqçi böldi. Piçoq uşlagan qölidan uşlab, oşxonaga qamab qöydim. U yerdan çiqib, piçoq bilan taşlanmoqçi böldi. Öşa vaqt qölidan uşlab oldim va onamni öldiriş maqsadida piçoqni uning böyin qismiga tiqdim. Şu payt onam yiqilib, peşonasi bilan devorga urildi. Yerga yiqildi, boşi pastga qaragan holda yotardi. Uning boşini orqa qismidan uşlab turdim, böyin qismidan qon keta boşladi. Onam qölimdan çiqmoqçi böldi, men esa boşini yerga qaratib bir neça marta urdim va joni uzilganini sezdim. Bu voqea oşxonada sodir böldi. Jasadni uydan yöqotiş maqsadida kötarişga harakat qildim. Vazni oğirligi sababli kötarişga qiynaldim. Kötarişga qulay bölişi uçun qöl-oyoqlarini yertöladan olib çiqqan eski latta bölagi bilan boğladim va sudraşga qaror qildim. Uydan taşqariga çiqib yon atrofni közdan keçirdim. Heç kim yöqligiga amin bölgaç, yertölaga murdani kömiş maqsadida çuqur qazib tayyorladim. Qöllaridan tortib, podʼezdga olib çiqdim, murdani bir amallab yertölaga sudrab olib tuşdim. Tayyorlab qöyilgan yertöla içidagi çuqurga kömib taşladim. Heç kim bilmasligi uçun ustini yopib qöydim. Oşxonadagi qon izlarini yöqotiş maqsadida körpaça, palas, xontaxta va stuldagi qon doğlarini nam latta bilan tozaladim. Latta va ustimdagi kiyimlarni yeçib, ularni yuvdim. Qon doğlari bölgan paketlarni ham musor idişga taşlab yubordim. Oradan 2-3 kun vaqt ötgandan söng Içki işlar organi xodimlariga borib, «onam yöqolib qoldi», dedim, ammo öldirganimni gapirmadim. Ular tomonidan yaşaş xonadonimning yertölasi közdan keçirilganda, onamning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi va aybimni tan oldim, - deydi qilmişidan puşaymonligini bayon qilgan sudlanuvçi.

Abdulla Abdulxayev, jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi sudyasi:

— Sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan aybdor deb topildi va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sadoqat ALLABERGANOVA,

Toşkent şahar sudi matbuot kotibi


Teglar:
×