Moskvada birdaniga yettita kasalxonaga bomba qöyilgani haqida xabar tarqaldi. Ayni damda bu anonim xabarlar tekşirilmoqda.
RIA Novostining yozişiça, bu kasalxonalarda koronavirusga çalinganlar davolanişadi. "Minalaştirilgan" tibbiy muassasalar orasida 8, 9, 15, 19 klinik şifoxonalari, Sklifosovskiy instituti, şuningdek, 1-sonli yuqumli klinik şifoxona bor.
Eslatib ötamiz, Moskvadagi "minalaştiriş" tölqini 2019 yil oxiridan beri töxtamaydi. Savdo markazida, kemalarda, metro stantsiyalarida, maktablarda va hatto samolyotlarda bomba örnatilgani haqida anonim xabarlar kelişi töxtamayapti.









