Özbekiston boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev koronavirusga çalingani aytilmoqda. Bu haqda «Jahon.uz» naşriga tayanib,«Xabar.uz» xabar berdi.
Naşrlarning xabariga köra, Şuhrat Ğaniyev Toşkent şahridagi 16-şifoxonada davolanmoqda. Uning ahvoli yaxşi ekani, kasallik yengil keçayotgani maʼlum qilingan.Şuhrat Ğaniyev boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimga tayinlanganidan keyin ilk bor 2 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Nukus şahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» MÇJ faoliyati bilan tanişuvi jarayonida köriniş bergandi.
Eslatib ötamiz, Şuhrat Ğaniyevdan avval boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan Öktam Barnoyev sentyabr oyida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi.Şuningdek, Şuhrat Ğaniyevning akasi, Farğona viloyati Marğilon şahar tibbiyot birlaşmasi boşliği Avazbek Ğaniyev pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bölgan boşqa hamroh kasalliklar oqibatida 15 sentyabr kuni vafot etgandi.









