Samarqandda Tailandga fohişalikka qiz yuborayotgan ayol qölga olindi

Samarqandda Tailandga fohişalikka qiz yuborayotgan ayol qölga olindi

Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida Oqdaryo tumani Dahbed şaharçasida yaşovçi, 1963 y.t. A.Yu. ismli ayol Qöşrabot tumani "Mingtepa" mahallasida yaşovçi, 1996 y.t. A.J.ni Tailandga yuboriş va undan fohişalikda foydalaniş uçun A.A. ismli ayoldan 1.000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan A.Yu.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×