Samarqandda uyida xöroz uriştirgan şaxslar qölga olindi

Samarqandda uyida xöroz uriştirgan şaxslar qölga olindi

Samarqand viloyat IIB Terorizm va ekstrimizmga qarşi kuraşiş boşqarmasining toğli va çegaradoş hududlaridagi tezkor bölinmalari tomonidan ötkazilgan tadbirda Jomboy tumanining «Kattaqişloq» mahallasida yaşovçi fuqaro uyida qimorxona taşkil qilgani aniqlangan. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanişiça, 1977 yilda tuğilgan D.Ş. qarindoşi 1973 yilda tuğilgan fuqaro O.P. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, yaşaş xonadonining omborxonasida xöroz jangi öyinini taşkil qilgan.

Maʼlumotlarga köra, xonadon egasi xöroz jangini tomoşa qiliş uçun kelgan har bir fuqarodan 20 ming sömdan pul olib jang maydoniga kiritgan. Ötkazilgan tadbir jarayonida xöroz jangiga 60 nafardan ziyod tamoşabin qatnaşayotgani aniqlangan.

Tadbir davomida qimorxona taşkil etgan fuqaro O.P.dan jami 506 ming söm pul xolislar iştirokida daliliy aşyo tariqasida hujjatlaştirib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

×