Samarqandda 37 yoşli ayolni 1000 dollarga sotmoqçi bölgan erkak qölga olindi

Samarqandda 37 yoşli ayolni 1000 dollarga sotmoqçi bölgan erkak qölga olindi

Samarqand viloyati. 2021 yil aprel oyining boşlarida 28 yoşli A.Halim tanişi 37 yoşli I.Orzigulni Turkiya davlatiga şahvoniy maqsadlarda niyatida aldov yöli bilan uning işonçiga kirib, unga Turkiya davlatidan yaxşi iş topib berişini va u yerga ketişida ham yordam berişini vaʼda qilib, unga tegişli fuqarolik pasportini egallab, I.Orzigulni fuqaro “S” ga 1000 AQŞ dollar evaziga sotişga kelişib, 2021 yil 27 aprel kuni soat 22:00 larda Pastdarğom tumani Tinçlik mahallasida joylaşgan kafelardan birida fuqaro “S” bilan savdolaşib, 1000 AQŞ dollardan 800 AQŞ dollarni olayotgan vaqtida viloyat IIB TEQKB va Pastdarğom tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan  qölga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarğom tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan A.Halimga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   

×